Nazarov Anvarjon Turg‘unboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda jismoniy tarbiyaga qadriyatli munosabatlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari» (boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari misolida), 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam B2021.2.PhD/Ped2506.
Ilmiy rahbar: Umarov Abdusamat Abdumalikovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xonkeldiyev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda jismoniy tarbiyaga qadriyatli munosabatlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qadriyatli munosabatlarini rivojlantirishning pedagogik jihatlari: pedagogik munosabat, ijtimoiy axloqiy majburiyat, pedagogik tajribalar umuminsoniy jismoniy qadriyatlarning tarixiy davrlar kesimida bevosita bog‘lash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qadriyatli munosabatlarini rivojlantirishning tezkorlik, chidamlilik, kuch, egiluvchanlik va chaqqonlik kabi mezonlari shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi va ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishini targ‘ib etishga qaratilgan jismoniy qadriyatlarga ustivorlik berish asosida aniqlashtirishgan;
talabalarning jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qadriyatli munosabatlarini rivojlantirish modeli mustaqil rivojlanishning empirik darajalarni hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qadriyatli munosabatlarini rivojlantirish xususiyatlari ijtimoiy faol, harakatchan, qadriyatlarni qayta baholash, qadriyatlarga yo‘nalganlik jarayonini samarador usullarini rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning jismoniy tarbiyaga bo‘lgan munosabatlarini rivojlantirishning samaradorligi ilmiy-pedagogik tahlillarga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qadriyatli munosabatlarini rivojlantirishning pedagogik jihatlari: pedagogik munosabat, ijtimoiy axloqiy majburiyat, pedagogik tajribalar umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy davrlar kesimida bevosita bog‘lash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 2017-2018 yillarda bajarilgan “I-2017-1-14/3 o‘quvchi yoshlar uchun olimpiya ta’limining samarali tizimini yaratish” amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 27 iyuldagi 02-07-2011/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda jismoniy tarbiyaga qadriyatli munosabatlarni rivojlantirishning mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
talabalarning jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qadriyatli munosabatlarini rivojlantirishning tezkorlik, chidamlilik, kuch, egiluvchanlik va chaqqonlik kabi mezonlari shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi va ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishini targ‘ib etishga qaratilgan jismoniy qadriyatlarga ustivorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar 2017-2018 yillarda bajarilgan “I-2017-1-14/3 o‘quvchi yoshlar uchun olimpiya ta’limining samarali tizimini yaratish” amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 27 iyuldagi 02-07-2011/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning jismoniy yarbiya va sport bilan doimiy shug‘ullanishi va unga bo‘lgan qadriyatli munosabatning rivojlanishiga xizmat qilgan;
talabalarning jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qadriyatli munosabatlarini rivojlantirish modeli tajribalarni o‘rganish, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, mustaqil rivojlanishning empirik darajalarni hisobga olish hamda talabalarning jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qadriyatli munosabatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari ijtimoiy faol, harakatchan, qadriyatlarni qayta baholash, qadriyatlarga yo‘nalganlik jarayonini samarador usullarini rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar 2017-2018 yillarda bajarilgan “I-2017-1-14/3 o‘quvchi yoshlar uchun olimpiya ta’limining samarali tizimini yaratish” amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 27 iyuldagi 02-07-2011/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda muminsoniy madaniy qadriyatlar tizimida sog‘liqni saqlash va jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.