Xalikova Shaxnozaxon Azimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablarining 8-9-sinflarida o‘quvchilarning nutqiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili), (peda gogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2125.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Hamroyev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sobirova Maxbuba Yusufjonovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining 8-9-sinflarida o‘quvchilarning nutqiy muloqot kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida muloqot qilishni samarali tashkil etishda chuqurroq fikrlash bosqichini va muloqot qilish o‘lchovini aniq belgilab beruvchi interaktiv, integrativ tamoyillarga asoslangan paradigma asosida tashkil etish yo‘llari nutq texnikasini egallash, sinergetik muloqot darajasini erudisiya yo‘li bilan shakllantirish orqali takomillashtirilgan;
nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning ona tili o‘quv dasturida berilgan talablarning kommunikantlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi jarayonida bosqichma-bosqich yuqori darajaga o‘tishi matn bilan ishlashda “maqbul input” (comprehensible input) g‘oyasi asosida amalga oshirilib, pastdan yuqoriga (bottom-up) yondashuvida tinglovchi nutqiy oqimni fonemalardan gapga yoki matnga qarab tushunish yo‘li orqali takomillashtirilgan;
8-9-sinf o‘quvchilarining muloqot qilishida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi va modeli ona tilini o‘qitish jarayonidagi integrallashgan hozirjavoblik, kirishimlilik, o‘zaro hurmat kabi xususiyatlar hamda suhbat, dialogli bahs-munozara yo‘li bilan mustaqil va ijodiy tafakkurni rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
8-9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantiruvchi motivatsion, kognitiv, jarayonli bosqichlar refleksiya, “FEED BACK”, enerdjayzerlar, maktub yozishga undovchi usullardan foydalanish asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarin ing joriy qilinishi. Ona tili ta’limida o‘quvchilarda nutqiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalariga doir ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida muloqot qilishni samarali tashkil etishda chuqurroq fikrlash bosqichini va muloqot qilish o‘lchovini aniq belgilab beruvchi interaktiv, integrativ tamoyillarga asoslangan paradigma asosida tashkil etish yo‘llari nutq texnikasini egallash, sinergetik muloqot darajasini erudisiya yo‘li bilan shakllantirish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 3-fevraldagi “Milliy o‘quv dasturiga asosan 2022/2023-o‘quv yili uchun chop etilishi rejalashtirilgan umumta’lim fanlaridan darslik hamda o‘quv-metodik majmualarning maketlarini yaratish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 39-sonli buyrug‘iga asosan, umumta’lim maktablarining 8-9-sinflari uchun ona tili fanlaridan darslik, o‘quv-metodik majmualarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022-yil 9-noyabrdagi 01/11-02/02-1729-son ma’lumotnomasi). Natijada 8-9-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishga qaratilgan.
nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning ona tili o‘quv dasturida berilgan talablarning kommunikantlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi jarayonida bosqichma-bosqich yuqori darajaga o‘tishi matn bilan ishlashda “maqbul input” (comprehensible input) g‘oyasi asosida amalga oshirilib, pastdan yuqoriga (bottom-up) yondashuvida tinglovchi nutqiy oqimni fonemalardan gapga yoki matnga qarab tushunish yo‘li orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar “Nutqiy muloqotni rivojlantirish omillari” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmamazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentabrdagi 302-son buyrug‘i guvohnomasi). Natijada yoshlar o‘rtasida maqsadli va mazmunli muloqotni tashkil etish samaradorligi ortishi kuzatilgan;
8-9-sinf o‘quvchilarining muloqot qilishida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi va modeli ona tilini o‘qitish jarayonidagi integrallashgan hozirjavoblik, kirishimlilik, o‘zaro hurmat kabi xususiyatlar hamda suhbat, dialogli bahs-munozara yo‘li bilan mustaqil va ijodiy tafakkurni rivojlantirish orqali takomillashtirishga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Bolalar va biz” nomli eshittirishlar ssenariysida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 4-noyabrdagi № 04-36-1842-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar mazmunan boyib, teletomoshabinlarda turli toifadagi kommunikantlar bilan muloqotga kirishish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakllanishiga asos bo‘lgan;
8-9-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantiruvchi motivatsion, kognitiv, jarayonli bosqichlar refleksiya, “FEED BACK”, enerdjayzerlar, maktub yozishga undovchi usullardan foydalanishga doir amaliy takliflardan Farg‘ona davlat universitetida 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan PZ-2017-0930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish” deb nomlangan loyihani bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022-yil 31-oktabrdagi 01-4519-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar o‘rtasidagi muloqotni tabiiy, jonli va real tashkil qilish yo‘l-yo‘riqlari va metodikasi boyitilgan.