Valieva Shaxnoza Islomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyati joy nomlarining tabiiy geografik xususiyatlari», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr214.
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Otaqulov Poziljon Sobirovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatidagi joy nomlarining tabiiy geografik xususiyatlarini aniqlash va ularni hududiy tarqalish hamda nomlanish qonuniyatlarini asoslash, toponimlarni guruhlashtirish, standartlashtirish va kataloglashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyati joy nomlarining tabiiy geografik xususiyatlari asosida toponimlar kompleks guruhlashtirilgan;
geografik ob’ekt nomlarining geografik joylashuvi va etimologiyasi bo‘yicha veb texnologiyalarga asoslangan Samarqand viloyatining toponimik katalogi tizimi ishlab chiqilgan;
ArcGIS 9.10 dasturlari yordamida Samarqand viloyatining 1:800000 masshtabli gidronim kartasi yaratilgan;
Samarqand viloyati joy nomlarini muhofaza qilish, standartlashtirish maqsadida geografik joy nomlarining elektron veb saytini yaratish algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand viloyati joy nomlarini tabiiy geografik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Samarqand viloyati hududi bo‘yicha to‘plangan joy nomlarining geografik xususiyatlari bo‘yicha ajratilgan kompleks guruh va turlaridan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi amaliyotida joy nomlarini reestrini qayta tekshirish hamda ularni muvofiqlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2022 yil 12 dekabrdagi 03-03-1040-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat hududidagi mavjud aholi manzilgohlari reestrini takomillashtirish imkonini yaratilgan;
Samarqand viloyatidagi o‘ziga xos tabiiy geografik jarayonlar ta’sirida shakllangan geografik joy nomlarining mazmun mohiyatiga oid olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2022 yil 12 dekabrdagi 03-03-1040-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy geografik jarayonlar ta’sirida shakllangan joy nomlari mazmun-mohiyatini keng ochib berish imkonini bergan;
geografik joy nomlarining Samarqand viloyati bo‘yicha toponimik katalogini yaratishning algoritimidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2022 yil 12 dekabrdagi 03-03-1040-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizning boshqa viloyatlarida ham toponimik katolog yaratishning shunday algoritmini qo‘llash mumkinligi asoslangan;
geografik ob’ekt nomlarining geografik joylashuvi va etimologiyasi bo‘yicha Samarqand viloyati veb texnologiyalarga asoslangan toponimik katalogi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2022 yil 12 dekabrdagi 03-03-1040-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu katalog asosida joy nomlarining o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar bazasini kengaytirish imkonini bergan.