Maxammadjonov Zoxidullo Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mashinasozlik kompozision polimer materiallarining adgezion mustahkamligini shakllantirish xususiyatlari va ular asosida qoplamalar olish texnologiyasi», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3219.
Ilmiy rahbarlar: O‘lmasov Tulqin Usmonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Inoyatov Qaxramon Mo‘ydinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Risqulov Alimjan Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinasozlik kompozision polimer materiallarining adgezion mustahkamligi shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari va ular asosida qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘ldirilgan termoplastik polimerlar asosida olinadigan metall-polimer qoplamalarning adgezion mustahkamlik xususiyatlariga texnologik parametrlarning ta’siri aniqlangan;
kompozision polimer qoplamalarning adgezion mustahkamligini shakllanish jarayonining afzalliklari polimerlarning tabiati va tuzilishiga, substratga, texnologik parametrlarga va kompozisiyaning tarkibiga bog‘liq ekanligi asoslangan;
texnologik parametrlarning, xususan, metall polimer qoplamalarning adgezion mustahkamlik xususiyatlariga metall substratning tarkibiy qismlarining va dastlabki qizdirish haroratining sezilarli ta’siri aniqlangan;
sirpanish podshipniklarning antifriksion metall-polimer qoplamalarini yaratish uchun yuqori adgezion mustahkamlik xususiyatlariga ega kompozision polimer materiallarning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
kompozision polimer qoplamasining metall substrati to‘ldiruvchilari bilan polimerlarning o‘zaro ta’siri natijasida materialning tuzilishi va uning samaradorligi to‘ldiruvchilarning turiga, to‘ldirish darajasiga va mashinasozlik antifriksion kompozision polimer qoplamasining va metall substratining tabiatiga bog‘liqligi aniqlangan;
metall-polimer kompozision materiallardan yasalgan sirpanish podshipniklarini qo‘llash natijasida paxtani qayta ishlash mashinalari va mexanizmlarining ish samaradorligi eksperimental ravishda asoslangan;
adgezion mustahkamlik xususiyatlariga ega kompozision polimer materiallarini olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mashinasozlik kompozision polimer materiallarining adgezion mustahkamligi shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari va ular asosida qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan antifriksion kompozision metall polimer materiallari asosidagi yuqori adgezion mustahkamlik xususiyatlariga ega bo‘lgan qoplamalar Piskent paxta tozalash zavodida vintli konveyerlar va linterlarning ishchi organlarida joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2022 yil 30 noyabrdagi 02-11/443-son ma’lumotnomasi). Natijada, Piskent paxta tozalash zavodida ishlatiladigan linter va vintli konveyerlarning quvvat sarfini 7-8 foizga kamaytirish, korxonalar uskunalari va qurilmalarining chidamliligini oshirish imkonini bergan;
antifriksion kompozision metall polimer materiallari asosida yangi usul bilan olingan sirpanish podshipniklari Piskent paxta tozalash zavodida joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2022 yil 30 noyabrdagi 02-11/443-son ma’lumotnomasi). Natijada, mashina va mexanizmlar ishchi organlarini ishqalanish agregatlarining chidamliligini 1,5-2 baravar, mashinalarning samaradorligini esa 7-15 % ga oshirish imkonini bergan.