Gafurova Surayyo Ulug‘bekovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Salohiddin Toshkandiy «Lug‘oti salos» asarining leksikografik xususiyatlari», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil292.

Ilmiy rahbar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Husanov Nishonboy Abdusattorovich, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqot maqsadi: «Lug‘oti salos»ning o‘zbek lug‘atshunosligi tarixi va takomilidagi o‘rnini yoritish, lug‘atning uch tilli, urjuza va ideografik asar ekanligini ko‘rsatuvchi leksikografik xususiyatlarini dalillash, lug‘at so‘zligining tarixiy-etimologik manbalari va tarjimalariga doir talqinlarini tadqiq etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«Lug‘oti salos» asari o‘zbek tilshunosligi, lug‘atshunosligi, manbashunosligi taraqqiyotida o‘z strukturasi va so‘z muqobillarini keltirish usullari bilan ifodalangan muhim manba ekanligi aniqlangan;

«Lug‘oti salos»ning XIX asrgacha yaratilgan boshqa filologik lug‘atlardan ko‘p tilliligi, so‘z ma’nolarining she’riy usulda izohlanishi hamda leksemalarning mavzuiy guruhlar asosida berilishi kabi tafovutlari asoslangan;

asar hoshiyalaridagi izohlar so‘z, so‘z birikmasi, bayt, grammatik qoida kabi shakl hamda leksik, semantik jihatlari aniqlangan;

asar matnidagi arabiy-forsiy-turkiy so‘zlikning tarixiy, etimologik, semantik xususiyatlari ochib berilgan;

XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi o‘zbek tili leksik birliklarining qo‘llanilishi, ularda yuz bergan fonetik o‘zgarishlar, o‘zbek tili lug‘at boyligining tarixiy taraqqiyoti asoslangan;

lug‘atning uch tildagi muqobil so‘zlar shaklida tartiblanishi xorijiy tillarni o‘rganishning eng samarali usullaridan biri ekanligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Salohiddin Toshkandiyning «Lug‘oti salos» asarining leksikografik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

lug‘atshunoslik an’analari, lug‘at maqolati, so‘zlikning berilish usullari, tarixiy manbalar leksikasi, etimologiyasi kabi o‘zbek leksikografiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar OT-A1-36 raqamli «Alisher Navoiy «Xamsa» dostonlari asosida chastotali lug‘atlar tuzish» (2017–2018) nomidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasining «Chastotali lug‘atlar tuzish» yo‘nalishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi 89-03-2653-son ma’lumotnomasi). Natijada «Chastotali lug‘at» o‘zbek leksikografiyasiga oid terminlar bilan boyitilgan, atamalar izohi mukammallashgan;

lug‘atshunoslikka oid lug‘at strukturasi, so‘zlik, ekvivalentlik, ideografik lug‘atlar, leksika, tarjima lug‘atlar, variant birlik singari tushunchalar A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» (2015–2017) mavzusidagi davlat amaliy granti loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 89-03-609-sonli ma’lumotnoma). Natijada o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar va ularning audiokitob shaklidagi nusxalarida qo‘llanilgan terminlar izohining ilmiyligi hamda mukammalligiga erishilgan;

dissertatsiya ilmiy natijalari asosidagi ilmiy yangiliklardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi faoliyatida foydalanilgan (Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2018 yil 13 fevraldagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada «Hujjatlar va qo‘lyozmalar» fondi qo‘lyozma manbalar, lug‘atlar va ularning tuzilishi, lug‘atshunoslar ijodi haqidagi yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;

Salohiddin Toshkandiyning «Lug‘oti salos» asari tadqiqi bo‘yicha erishilgan natijalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2016-2017 yillarda «Interv`yu», «Jondan aziz», «Ma’naviyat sarchashmalari» ko‘rsatuvlarida keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 2 martdagi 72-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish