Xusanov Qaxramon Nishonovichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida innovasion bank xizmatlarini rivojlantirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2657.
Ilmiy rahbar: Malikov Tohir Sattarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Xasan Utkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish orqali tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlar ilovasi orqali ularning ommabopligini oshirish taklif etilgan;
davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish imkoniyati tijorat banklari faoliyatida mijozlar uchun bankning moliyaviy xizmatlari samaradorligini oshirish tavsiyasi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatishda On-line so‘mdagi omonat turini ilovalar orqali jalb etish bo‘yicha tavsiyasi asoslangan;
innovatsion bank xizmatlarini qo‘llab quvvatlash, plastik kartalar bo‘yicha kreditlash amaliyotidagi risklarni boshqarish orqali skoring tahlil asosida On-line tarzda mikroqarz ajratish tavsiyasi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida innovasion bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish orqali ularning ommabopligini oshirish taklifi Qishloqqurilishbank bank ilovasini takomillashtirishda foydalanilgan (“Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2022 yil 28 dekabrdagi 1620/22-son ma’lumotnomasi va “Qishloqqurilishbank” ATBning 2022 yil 30 dekabrdagi 06/43-12-9230-son ma’lumotnomasi). Natijada 2021 yil 25 dekabrdagi Qishloqqurilishbank umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq, tijorat banki tomonidan “QUANT" ilovasi xizmatlar bo‘limida ish haqi va avans tyri qo‘shildi ushbu xizmatdan foydalanuvchilar 7,2% ko‘payishiga erishilgan;
davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish imkoniyatini yaratish tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son farmoniga 2-ilova 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi 116-bandini takomillashtirishda inobatga olingan (“Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2022 yil 28 dekabrdagi 1620/22-son ma’lumotnomasi va “Qishloqqurilishbank” ATBning 2022 yil 30 dekabrdagi 06/43-12-9230-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotga tatbiq etilishi bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarda raqamli texnologiyalarga asoslangan masofaviy bank xizmat turlari samaradorligini oshirish yo‘li bilan tijorat banki tomonidan "QUANT" ilovasi xizmatlar bo‘limida Mu gov.uz xizmati turi qo‘shilib, ushbu xizmatdan foydalanuvchilar 5.4% ko‘payshiga erishilgan; 
innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatishda On-line so‘mdagi omonat turi bo‘yicha taklifi Asakabank bank ilovasini takomillashtirishda foydalanilgan (“Asakabank” ATB boshqaruvining 2022 yil 06 dekabrdagi 19-01/7062-son ma’lumotnomasi). Natijada “Asakabank"ning mobil ilovasi orqali rasmiylashtirilganida yillik +1% qo‘shib beriladi. Omonatning asosiy summasidan qisman chiqim qilish mumkin. Bunda chiqim qilingan pul mablag‘lariga to‘liq oylar uchun yillik 19% miqdorda foiz to‘lab beriladi, lekin omonat summasida 3 000 000 so‘m minimal pul mablag‘i qolishi kerak. Agarda omonatga talab qilingan minimal summa yechilganda foizlar to‘lanmaydi. Bunda, to‘langan foizlar omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi. Ushbu xizmat orqali 1580 mijozga xizmat ko‘rsatilgan;
innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatishda skoring tahlil asosida on-layn tarzda mikroqarz ajratish taklifi “Asakabank” va “Garant Bank” bank ilovasini takomillashtirishda foydalanilgan (“Asakabank” ATB boshqaruvining 2022 yil 06 dekabrdagi 19-01/7062-son ma’lumotnomasi va “Garant Bank” AJ boshqaruvining 2023 yil 5 yanvardagi №02/12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Asakabank tomonidan tijorat banklari o‘rtasida birinchi bo‘lib o‘z mobil ilovasi orqali skoring tahlil asosida onlayn tarzda mikroqarz ajratish xizmati yo‘lga qo‘yilib, bugungi kunda ushbu xizmat orqali 152 mingdan ortiq mijozga qariyb 130 mlrd. so‘mlik on-layn mikroqarz ajratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish