Xodjaev Saidakmal Maxamadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron hukumat tizimini takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2371.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidaxror Saidahmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05.
Rasmiy opponentlar: Aman Turg‘unovich Kenjabaev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultanov Djamshid Baxodirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi “Unicon.uz” davlat unitar korxonasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron hukumat tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron hukumat tizimi doirasida real iqtisodiyot va davlat boshqaruvi organlari tomonidan raqamlashtirilgan xizmatlar reestrini yuritish, raqamlashtirish jarayonlarini markazlashtirilgan tartibda elektron shaklga o‘tkaziladigan xizmatlar bilan muvofiqligini ta’minlash taklifi asoslangan;
elektron hukumat tizimini raqamlashtirishga yagona yondoshuvni tashkil etuvchi “elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish”, “davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish”, “elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirib borish” tamoyillari asosida tashkil qilish taklifi asoslangan;
elektron hukumat tizimining yaxlit funksional arxitekturasini yagona identifikatsiya, buyurtmalarni qabul qilish va hisobini yuritish, xizmatlarni bajarish, yagona ma’lumotnomalar va axborot xavfsizligi tizimlari majmuasi asosida takomillashtirish taklif etilgan;
elektron hukumat sohasini davlat tomonidan samarali tartibga solish yuzasidan jarayon ishtirokchilari Vazirlar Mahkamasi, vakolatli davlat organi hamda boshqa davlat organlari o‘rtasidagi vazifalarini ularning vakolatlaridan kelib chiqqan holda ratsional taqsimlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron hukumat tizimini takomillashtirish mavzusi asosida:
elektron hukumat tizimi doirasida real iqtisodiyot va davlat boshqaruvi organlari tomonidan raqamlashtirilgan xizmatlar reestrini yuritish, raqamlashtirish jarayonlarini markazlashtirilgan tartibda elektron shaklga o‘tkaziladigan xizmatlar bilan muvofiqligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunini tayyorlashda foydalanilgan hamda davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” markazi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2019 yil 25 oktabrdagi 05/02-04-111-sonli, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” markazining 2019 yil 5 noyabrdagi 23-15/1378-son ma’lumotnomalari). Natijada elektron hukumatni shakllantirish jarayonlarini tizimli asosda amalga oshirish hamda elektron hukumat tizimining mo‘’tadil ishlashiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qilgan;

elektron hukumat tizimini raqamlashtirishga yagona yondoshuvni tashkil etuvchi “elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish”, “davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish”, “elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirib borish” tamoyillari asosida tashkil qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2019 yil 25 oktabrdagi 05/02-04-111-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda elektron hukumat tizimini shakllantirish jarayonlarini yaxlit yondoshuv asosida boshqarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
elektron hukumat tizimining yaxlit funksional arxitekturasini yagona identifikatsiya, buyurtmalarni qabul qilish va hisobini yuritish, xizmatlarni bajarish, yagona ma’lumotnomalar va axborot xavfsizligi tizimlari majmuasi asosida takomillashtirish taklifi davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” markazi faoliyatiga joriy qilingan (Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” markazining 2019 yil 5 noyabrdagi 23-15/1378-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron hukumat tizimi doirasida fuqarolarning pasport ma’lumotlari, qonunchilik hujjatlari kabi ma’lumotlarning turli axborot tizimlarida takrorlanishining oldi olinishiga imkon yaratilgan;
elektron hukumat sohasini davlat tomonidan samarali tartibga solish yuzasidan jarayon ishtirokchilari Vazirlar Mahkamasi, vakolatli davlat organi hamda boshqa davlat organlari o‘rtasidagi vazifalarini ularning vakolatlaridan kelib chiqqan holda ratsional taqsimlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2019 yil 25 oktabrdagi 05/02-04-111-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat bilan aholi o‘rtasida muloqot samarasi oshirilishiga zamin yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish