Urunbaeva Yulduz Pirnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish asosida aholi turmush darajasini oshirish istiqbollari”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt27.
Ilmiy rahbar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Irisbek Ivatov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish asosida aholi turmush darajasini oshirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«aholi turmush darajasi» tushunchasining xizmatlarni o‘zida aks ettiruvchi yangi tahrirdagi takomillashgan ta’rifi ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida yalpi daromadlarni shakllantirishni takomillashtirish maqsadida mehnat bozoridagi vaziyatni baholashda «Mehnat bozorining to‘yinganlik darajasi» hamda «Mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning qondirilish darajasi» ko‘rsatkichlarini qo‘llash taklif etilgan;
kam daromadli oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmining samaradorligini oshirish maqsadida davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larni taqsimlashda ushbu toifadagi oilalarning qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari mavjudligini hisobga olgan holda yondashish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning 2018–2021 yillarga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari aniqlanib, kelajakda aholi turmush darajasini yaxshilashda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirish istiqbollari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish asosida aholi turmush darajasini oshirish istiqbollari yuzasidan olingan ilmiy tavsiyalar asosida:
«aholi turmush darajasi» tushunchasining xizmatlarni o‘zida aks ettiruvchi yangi tahrirda ishlab chiqilgan takomillashgan ta’rifi «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha o‘quv qo‘llanmada o‘z aksini topgan (guvohnoma №137-059, 2016 yil 6 aprel`). Mazkur natijaning o‘quv jarayoniga joriy qilinishi xizmat ko‘rsatish sohasining aholi turmush darajasini oshirishdagi roli to‘g‘risidagi bilimlarning chuqurlashuviga xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida yalpi daromadlarni shakllantirishni takomillashtirish maqsadida mehnat bozoridagi vaziyatni baholashda qo‘llash uchun taklif etilgan «Mehnat bozorining to‘yinganlik darajasi» hamda «Mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning qondirilish darajasi» ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida joriy etilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 18 yanvardagi 03-08/295-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya va takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida zamonaviy texnika bilan jihozlangan ish o‘rinlari yaratilishi, mehnat unumdorligi o‘sishi asoslangan va shunga mos ravishda, savdo xizmatlari hajmining oshishiga erishiladi;
ijtimoiy xizmatlar mexanizmini takomillashtirish asosida kam daromadli oilalarning turmush darajasini yaxshilashga ajratilgan moliyaviy resurslar samaradorligini oshirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshidagi kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lashni monitoring qilish bosh boshqarmasida joriy etilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 18 yanvardagi 03-08/295-son va 2018 yil 25 yanvardagi 08/396-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflardan foydalanish natijasida respublika hududlari doirasida kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar sifatida ijtimoiy nafaqa olib kelayotgan oilalarda xatlov o‘tkazildi va buning evaziga kam ta’minlangan oilalar soni 20 foizga qisqargan;
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning 2018–2021 yillarga asoslab berilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida joriy etilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 18 yanvardagi 03-08/295-son ma’lumotnomasi). Ilmiy asoslangan prognoz ko‘rsatkichlarining joriy qilinishi Samarqand viloyatida 2021 yilgacha 5100 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi mumkinligi hisob-kitoblar yordamida asoslangan.