Chorshanbiyev Ravshan Xushmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sabzi kovlagichning takomillashtirilgan elaklash qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1859
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Norchayev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdiyevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ergashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «TIQXMMI» MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo’nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sabzi kovlagichning elaklash qurilmasi konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash orqali sabzi yig‘ishtirishdagi texnologik jarayonning samaradorligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
panjali biter, yo’naltirgichlar va almashinuvchi plankalardan tashkil topgan takomillashgan elevator bilan jihozlangan sabzi kovlagichning konstruksiyasi tuproq massasini lemex bilan elevator o’rtasida to’planmasligi va jadal parchalanishi, sabzilarni shikastlanishi va yo’qotilishini kamaytirishini hisobga olib ishlab chiqilgan;
sabzi kovlagichning metall hajmdorligini kamaytiradigan panjali biterning diametri tuproq massasini qalinligi va sabzining elevatordagi maksimal joylashish balandligi qiymatlari hamda tuproqning maksimal maydalanishi va tuproq palaxsasini biter panjasidan ajralish shartidan kelib chiqqan holda aniqlangan;
elevator yo’naltirgichining o’rnatilish burchagi va kaskadli elevatorning eni sabzilarning shikastlanishi va yo’qotilishini kamaytirishini hamda sabzilarni dala yuzasiga agrotexnik talablar darajasida uyumlab ketilishini hisobga olgan holda aniqlangan;
elevator yo’naltirgichi va almashinuvchi plankalarning parametrlari tuproqning to’liq elaklanishi va sabzilarni shikastlamasdan uzatilishini ta’minlashini hisobga olgan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:Takomillashtirilgan elaklash qurilmasi bilan jihozlangan energiya-resurstejamkor sabzi kovlagichni ishlab chiqish bo’yicha olingan natijalar asosida:
sabzi kovlagich elevatorining chiviqli polotnosi uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining foydali modelga patenti olingan. (“Ildiz-meva yig‘ishtirish mashinasidagi elaklash elevatorining chiviqli polotnosi”, №FAP01903, 2021y.). Natijada kovlagich elevatori konstruksiyasini takomillashtirish, elaklanish jarayonini yaxshilash va sabzilarni shikastlanishini kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
energiya-resurstejamkor sabzi kovlagich uchun dastlabki talablar tasdiqlangan, uning konstruksiyasi ishlab chiqilgan va parametrlari asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 6-sentabrdagi №07/24-04/6268-son ma’lumotnomasi) Natijada, sabzinini agrotexnik talablar darajasida kovlashni amalga oshiradigan ish sifati yuqori takomillashtirilgan elaklash qurilmali sabzi kovlagichning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
sabzi-tuproq aralashmasini sifatli elaklashni ta’minlaydigan elaklash qurilmasi bilan jihozlangan sabzi kovlagich Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 6-sentabrdagi №07/24-04/6268-son ma’lumotnomasi) Natijada, sabzini kovlashda yonilg‘i sarfi gektariga 11,6 foizga, mehnat sarfi 24,4 foizga va foydalanishdagi xarajatlar 19,8 foizga kamaygan;
energiya-resurstejamkor ishchi organlar bilan jihozlangan sabzi kovlagich ishlab chiqarishni o’zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2022-yil 6-sentabrdagi №07/24-04/6268-son ma’lumotnomasi). Natijada O’zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga mos va takomillashtirilgan elaklash qurilmasi bilan jihozlangan sabzi kovlagichni sanoat usulida ishlab chiqarishning texnik imkoniyati yaratilgan.