Maxsudov Begmatjon Yuldashalievichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshqaruv hisobida byudjetlashtirish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).

Ilmiy maslahatchi: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt21.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Karimov Akrom Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismanov Ibroxim Nabievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Abdumo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: boshqaruv hisobi tizimida byudjetlashtirishning nazariy-uslubiy asoslari va amaliy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxta tozalash korxonalari xususiyatlarini inobatga oluvchi boshqaruv hisobining tarkibiy qismlarini o‘zida mujassamlashtirgan hisob yuritishning blok-chizmasi tavsiya etilgan;

«Tijorat siri rejimiga rioya etish bo‘yicha» va «Boshqaruv hisobi haqidagi» namunaviy nizomlar ishlab chiqilgan hamda kasb klassifikatoriga buxgalter-analitik mutaxassisligini kiritish tavsiya qilinib, uning funksional vazifalari belgilangan;

«Byudjetlashtirishni joriy etish va tahlil» kengashini tuzish asoslangan va korxonaning ichki moliyaviy nazorat tizimi uchun «Byudjetlashtirish to‘g‘risida»gi namunaviy nizom ishlab chiqilgan;

paxta tozalash korxonalarida bosh byudjet tuzish texnologiyasi va uni joriy etishni diagnostika qilish usuli taklif qilingan;

statik va moslashuvchan byudjetlar tuzish hamda ulardan chetlanishlarni tahlil qilishda byudjet lyuftini qo‘llash uslubi shakllantirilgan;

byudjet ssenariylari asosida operatsion, investision (innovatsiya), maxsus va yig‘ma byudjetlarni tuzish uslubi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

boshqaruv hisobida byudjetlashtirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

boshqaruv hisobining takomillashtirilgan blok-chizmasiga oid tavsiyalar «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishda foydalanilgan («O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 15 dekabrdagi 02-22/3613-son ma’lumotnomasi). Natijada «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati foydasi 2016 yilda 2015 yilga nisbatan 11% ga o‘sgan;

«Tijorat siri rejimiga rioya etish bo‘yicha»  va «Boshqaruv hisobi haqida»gi Namunaviy nizomlar hamda kasb klassifikatoriga buxgalter-analitik mutaxassisligini kiritish bo‘yicha tavsiyalardan paxta tozalash korxonalarida ushbu nizomlarni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 15 dekabrdagi 02-22/3613-son ma’lumotnomasi). «Tijorat siri rejimiga rioya etish bo‘yicha» namunaviy nizomning amaliyotga joriy etilishi paxta tozalash korxonalarida axborot resurslarini muhofaza qilish bilan bog‘liq manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini yaratgan va tijorat qiymatiga ega bo‘lgan axborot resurslaridan samarali foydalanishni 8% ga oshishiga olib kelgan;

«Byudjetlashtirishni joriy etish va tahlil» kengashini tuzish va «Byudjetlashtirish to‘g‘risida»gi namunaviy nizomni  joriy etishga oid tavsiyalardan tarmoq korxonalarida mazkur kengashni tuzish hamda tegishli Namunaviy nizom ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 15 dekabrdagi 02-22/3613-son ma’lumotnomasi). Bu esa tarmoq korxonalarida  kunlik paxta qayta ishlash unumini 3 % ga o‘sishiga olib kelgan;

bosh byudjet tuzish texnologiyasi va uni joriy etishni diagnostika qilish usuliga oid takliflardan «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarda byudjetlashtirishni joriy etishda foydalanilgan («O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 15 dekabrdagi 02-22/3613-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni joriy etish natijasida rentabellikni 3 % ga oshirishga erishilgan;

paxta tozalash korxonalarida byudjet bajarilishini baholash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017 yil 17 noyabrdagi KA/05-01-32-34/1286-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan vazirlik tomonidan ishlab chiqiladigan uslubiy ko‘rsatmalarda foydalaniladi;

Korxonalarda tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha berilgan takliflardanO‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan «Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxona va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizom»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 26 dekabrdagi 2788/02-09-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar tijorat qiymatiga ega bo‘lgan axborotlardan foydalanish samaradorligini ortishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish