Shixnazarov Jamol Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Intermodal tashishlarda yuklarni yetkazib berish transport jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2536.
Ilmiy rahbar: Ilesaliyev Daurenbek Ixtiyarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dauseitov Yergen Balgayevich, texnika fanlari doktori, professor; Xadjimuxametova Matluba Adilovna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: intermodal tashishlarda yuklarni yetkazib berish transport jarayonlari texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intermodal terminalning boshqariladigan parametrlarini o‘rnatish orqali yuklarni saqlash uchastkasi parametrlarining optimal qiymatlari aniqlangan va asoslangan;
transport logistikasi tizimida intermodal transport vositalarining qaytishi va yetishmovchiligini hisobga olgan holda yuk oqimini optimal tashishni tashkil etishning matematik modellar majmuasi ishlab chiqilgan;
intermodal tashish transport jarayonlarining texnologiyasi ketma-ketligini tuzish usuli tarmoq modeli asosida ratsional marshrutlarni rejalashtirish mezonlarini hisobga olib takomillashtirilgan;
tashish jarayonining tuzilmaviy sxemasini qurish asosida intermodal tashish texnologiyasi samaradorligini baholashning matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transportida yuklarni tashishdagi transport jarayonlarining texnologiyasini takomillashtirish va ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagilar joriy etilgan:
intermodal tashishlarda yuklarni yetkazib berish marshrutini rejalashtirish usuli, tarmoq modeli, dasturiy ta’minoti “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi Logistikani rivojlantirish va raqamlashtirish bosh boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 2/3599-sonli ma’lumotnomasi). Natijada transport texnologik jarayonlarida yuklarni intermodal transport vositalarini qo‘llash asosida yetkazib berishning optimal marshrutini rejalashtirish va boshqarish imkoniyati yaratilgan;
taklif qilinayotgan usullar asosida yuklarni konteyner-platformada tashish texnologiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi «Toshkent» MTU UKda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 2/3599-sonli ma’lumotnomasi). Natijada konteyner-platformada tashiladigan yuklarning logistik xarajatlarini 10% gacha kamaytirish hamda yuklarni yetkazib berish muddatini qisqartirish imkoniyati yaratilgan;
 turli xil transport turlari orqali yuklarni yetkazib berishda transport vositalari parametrlarining o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, transport ta’minotining logistika zanjirini tuzishning tizimi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 2/3599-son ma’lumotnomasi). Natijada yuklarni bir transport turidan boshqa transport turiga qayta ortishda transport vositalarining ortiqcha turib qolish vaqti 1,05...1,1 marotaba qisqartirilgan va yuklarni mahkamlash tizimiga ajratilgan vaqt me’yorlari 15% kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish