Nurmatov Obid Yoqubboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yirik nasos stansiyalarining elektr tizimlari holatlariga ta’sirini tadqiq etish usullari va algoritmlari», 05.05.02 – «Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar».B2021.1.PhD/T2105
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Allaev Kaxraman Raximovich, texnika fanlari doktori, professor., akademik. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Abidov Qudrat G‘ayratovich, texnika fanlari doktori, professor; Xoxlov Viladimir Alieksandrovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: «Issiqlikelektrloyiha» AJ. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yirik nasos stansiyalarining elektr energetika tizimlarining holatlariga ta’sirini tahlil qilish metodikasi, algoritmi va dasturiy vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nasos agrigatlarida elektromexanik va gidromexanik jarayonlarni hisobga olgan holda elektr energetika tizimining barqarorlashgan va o‘tkinchi rejimlarini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
yirik nasos stansiyalari sinxron motorlarini qo‘zg‘atishni noaniq mantiq rostlash usulidan foydalanish orqali  quvvat isroflarini kamaytirish va elektr uzatish liniyalarining quvvat o‘tkazish qobiliyatini oshirishning matematik modeli takomillashtirilgan;
yirik nasos stansiyalari sinxron motorlarining noaniq mantiq bazasida qo‘zg‘atishini avtomatik rostlagichlarini sozlash usuli ishlab chiqilgan;
energetika tizimlarining turg‘unligini yirik nasos stansiyalari sinxron motorining qo‘zg‘atishini rostlash orqali ta’minlash usuli takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston energetika tizimining janubiy-g‘arbiy qismidagi nasos stansiyalari sinxron motorlarining qo‘zg‘atish tizimini boshqarish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
yirik nasos stansiyalari sinxron motorlarin qo‘zg‘atish tizimini boshqarish bo‘yicha uslubi joriy etilgan («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2022 yil 14-dekabrdagi 01-03-14/4608-sonli ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayongan usul yordamida 256 546 750 so‘m miqdoridagi iqtisodiy samaradorlikni olish imkonini bergan;
Qarshi magistral kanali nasos stansiyalari sinxron dvigatellarining qo‘zg‘atish tizimini noaniq mantiq asosida boshqarish usuli joriy etilgan. («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2022 yil 14-dekabrdagi 01-03-14/4608-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyalariga tutash energetika tizimi tugunlarida kuchlanish darajasi 0,6% ga oshirilgan;
kuchlanish rostlagichlari sifatida yirik nasos stansiyalarini hisobga olgan holda elektr tizimlarining barqarorlashgan holat rejimlarini hisoblash metodikasi va dasturi joriy etilgan («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2022 yil 14-dekabrdagi 01-03-14/4608-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hisob-kitoblarga asoslanib, yiliga 869,65 MVt.soat elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish