Babojonova Gulbaxor Qurbonazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polivinilxloridni karbamid va tiokarbamid ishtirokida modifikatsiyalab anionitlar olinishi va xossalari», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K418.
Ilmiy rahbar: Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori professor; Voxidova Noira Raximovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: karbamid va tiokarbamid ishtirokida modifikatsiyalab polivinilxlorid anionitlarini olish va ularning xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor granulalangan plastikat polivinilxloridni karbamid va tiokarbamid ishtirokida modifikatsiyalashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
olingan anionitlarning fizik-kimyoviy xossalarini tekshirish orqali yuqori sorbsion xossaga, termik va mexanik barqarorlikka ega ekanligi aniqlangan, hamda polivinilxloridni mochevina bilan modifkatsiyalab olingan RRE-2 anionitining xossalari sanoat miqiyosida qo‘llaniladigan AN-31 anionitiga yaqinligi isbotlangan;
anionitlarga kobal`t (II) ionlari sorbsiyalanishining kinetika hamda termodinamikasi tadqiq qilish orqali ushbu jarayonlarning ifodalovchi parametrlari va sorbsiyalanish mexanizmi aniqlangan;
RRE-2 anioniti polivinlxloridni tiomochevina bilan modifikatsiyalab olingan RRE-3 anionitga nisbatan yuqori sorbsion xossaga ega ekanligi, hamda oqava suvlarini Cr (VI) ionlaridan yuqori samara bilan tozalashda bir-necha marotaba qo‘llash mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Polivinilxlorid plastikati asosidagi yangi anionitni fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologik eritmalarni tozalash usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 27 sentabrdagi AA007090-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlarini Cr (VI) ionlardan tozalovchi mini uskuna yaratish imkonini bergan;
sintez qilingan RRE-2 anioniti «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 27 sentabrdagi AA007090-son ma’lumotnomasi). Natijada, gal`vanik sex oqova suvlari tarkibidagi Cr (VI) ionlarnini miqdorini 0,05 mg/l gacha kamaytirish imkonini bergan;
polivinilxlorid asosida olingan anionitlar FA-F7-012 raqamli «Polifunksional ta’sirli qator metallarning yangi aralash ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishlarining o‘ziga xosligi, reaksion qobiliyatlari va biologik xossalarining ilmiy asoslari» mavzusidagi (2017-2020 yy) loyihada yangi biologik faollikka ega bo‘lgan koordinatsion birikmalar sifatida anionitlarga Co (II) ionlarini sorbsiya qilish orqali olingan polimer metall komplekslaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademyasining 2022 yil 9 noyabrdagi 4/1255-2820 -son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi biologik faollikka ega polimer-metall kompleks olish imkonini bergan.