Aytimbetov Maxsetbay Zinatdin ulining
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston umumiy o‘rta ta’lim maktablari tizimi taraqqiyoti (XX asr oxiri XXI asr boshlarida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped11.
Ilmiy rahbar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.58.01
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston umumiy o‘rta ta’lim maktablari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini tahlil etish asosida ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
istiqbolda Qoraqalpog‘iston umumiy o‘rta ta’lim maktablari ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishning prognostik ko‘rsatkichlari (miqdor va sifat indikatorlari, dinamik tavsifi) sinergetik, germenevtik, antropologik va fenomenologik tamoyillar bo‘yicha takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish sifati monitoringi texnologiyasining kvalimetrik bosqichlari hamda natijaviylik komponenti o‘z-o‘zini baholash va o‘z-o‘zini rivojlantirish mezonlari asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-uslubiy ta’minotni yaratishning istiqbolli modelining ta’lim mazmuni, tashkil etish va o‘qitish sifatini boshqarish komponentlari innovatsion faoliyatning uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish, o‘quvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasining natijaviylik, qayta aloqalarning intensivligi, pedagogik nazoratning interaktivligi mezonlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston umumiy o‘rta ta’lim maktablari tizimi taraqqiyoti bo‘yicha tadqiqot ishidan olingan natijalar asosida:
Qoraqalpog‘istonda istiqbolda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishning prognostik ko‘rsatkichlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish sifati monitoringi texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3289 son qarori bilan tasdiqlangan “Tinglovchilarning pedagogik amaliyotini tashkil etish” va “Bitiruv ishini tayyorlash va himoya qilish to‘g‘risida”gi Nizomlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 15 yanvardagi 05-04/5-01/52-son ma’lumotnomasi). Natijada Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining takomillashtirilgan o‘quv-uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-uslubiy ta’minotni yaratishning iqtiqbolli modelini takomillashtirishga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11 sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 868-son Qarori bilan tasdiqlangan 10-11 sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishning ish daftari va o‘quv-metodik majmualarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 15 yanvardagi 05-04/5-01/52-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘istonda ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etishning o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
tarbiya texnologiyasining natijaviylik, qayta aloqalarning intensivligi, pedagogik nazoratning interaktivligi mezonlari bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining “Qoraqalpoq milliymentalitetini o‘quvchi-yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida ta’lim amaliyotiga tatbiq etilgan. Natijada o‘quvchi-yoshlarga milliy mentalitetni singdirishda xalq pedagogikasi va zamonaviy profilaktik texnologiyalarini integratsiyalash imkoniyatini yaratgan.