Sayfutdinov Djamoliddin Ramizitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy don murtagidan ozuqaviy moy olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1789.
Ilmiy rahbar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Qoraboeva Marxamatxon Asatullaevna, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «Qarshi yog‘-ekstraksiya» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy bug‘doy murtagidan moy olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moy olish uchun mahalliy bug‘doy navlari murtaklarining texnologik xususiyatlari aniqlangan;
bug‘doy murtagining namligi 7-8% va yanchilma qalinligi 0,5-0,7 mm bo‘lgan mahsulotda ko‘p miqdorda moy saqlovchi globulalar buzilganligi aniqlangan;
bug‘doy murtagiga 10%gacha guruch qobig‘i qo‘shish orqali moyning chiqish unumdorligini 70,83%gacha ko‘tarish mumkinligi, lekin qovurish harorati va qobiqning miqdori oshishi bilan ajratib olingan moyning sifat ko‘rsatkichlari pasayib borishi aniqlangan;
bug‘doy murtagini qovurishning turli usullaridan olingan moyli kunjaraning tashqi va ichki strukturalari va guruch qobig‘ining miqdori 5 dan 15% gacha oshganda kunjaraning moylangan yuzasi hamda yoriq va kanallarning oshishi aniqlangan;
o‘simlik moylariga bug‘doy murtagi moyini qo‘shish orqali uning saqlash muddati va biologik qimmatini oshirishi aniqlangan;
mahalliy bug‘doy navlari murtagidan moy olish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy don murtagidan ozuqaviy moy olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy bug‘doy murtagidan presslash uchun qovurma olish texnologiyasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 24 dekabrdagi KS/3-1151-son ma’lumotnomasi). Natijada, moy olish uchun yuqoriroq g‘ovaklikga ega qovurma olish imkonini beradi;
mahalliy bug‘doy murtagidan tokoferolli press moyi olish texnologiyasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 24 dekabrdagi KS/3-1151-son ma’lumotnomasi). Natijada, tokoferollarning yuqori miqdoriga ega bo‘lgan moy olish imkonini beradi.