Bobojonova Zarnigor Shokirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kondan neft qazib olishning so‘nggi bosqichida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari», 08.00.03-«Sanoat iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2095.
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Kamola Alisherovna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Samatov G‘affor Allaqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turdiev Abdulla Sagdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tizimi korxonalarida neft qazib olishning so‘nggi bosqichida konlardan neft parmalashni samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neftga quduqlariga ishlov berish, quduqlarni boyitish orqali yer osti qoldiq neftni kamxarj yo‘llar bilan o‘zlashtirishga qaratilgan neft beruvchanlikni oshirish iqtisodiy tezligini baholash yondoshuvi takomillashtirilgan;
metaiqtisodiy model neft-gaz sanoati qazib olish tarmog‘i tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmasida kritik-yashirin muammolarni bartaraf etish maqsadida takomillashtirilgan;
neft-gaz tarmoq korxonalaro bosqichli to‘lovni muddatli amalga oshirgan holda (muallifga ko‘ra «medi-term akselerativ») strategik rivojlantirish ssenariysi takomillashtirilgan;
«Muborak NGQCh» Boshqarmasida ishlab chiqarish xomashyo bazasini va zaxirasini oshirishda yer ostida qolib ketayotgan neftni samarali o‘zlashtirishni inobatga olgan holda prognozi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kondan neft qazib olishning so‘nggi bosqichida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari mavzusida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida:
neftga to‘yingan quduqlarga ishlov berish, quduqlarni boyitish orqali yer osti qoldiq neftni kamxarj yo‘llar bilan o‘zlashtirishga qaratilgan neft beruvchanlikni oshirish iqtisodiy tezligini baholash yondoshuvidan maqsadli foydalanish «Muborak NGQCh» Boshqarmasining 2021 yil 21 apreldagi 215-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan («Muborak NGQCh» Boshqarmasining 2022 yil 10 iyundagi 322-son ma’lumotnomasi). Natijada, konlarning rentabelligini baholash ishlab chiqarish faoliyatining 15% tavakkalchiligini so‘ndirdi va boshqarish samaradorligini 17%ga oshirish imkonini bergan;
metaiqtisodiy model neft-gaz sanoati qazib olish tarmog‘i tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmasida kritik-yashirin muammolarni bartaraf etish maqsadida takomillashtirish «Muborak NGQCh» Boshqarmasining 2021 yil 21 apreldagi 215-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan («Muborak NGQCh» Boshqarmasining 2022 yil 10 iyundagi 322-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona 13 oyda 1 ta quduqni qazib olish evaziga 3 ta quduqni qazib olishga erishdi hamda 12 mlrd. so‘m daromad olish imkonini bergan;
neft-gaz tarmoq korxonalaro bosqichli to‘lovni muddatli amalga oshirgan holda (muallifga ko‘ra «medi-term akselerativ») strategik rivojlantirish ssenariysi «zanjirli ishlab chiqarish» tarmoqlarining ustunligini oshiradigan jihatlaridan foydalangan holda takomillashtirish «Muborak NGQCh» Boshqarmasining 2021 yil 21 apreldagi 215-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan («Muborak NGQCh» Boshqarmasining 2022 yil 10 iyundagi 322-son ma’lumotnomasi). Natijada mehnat samaradorligi 8%, investision jozibadorlik 14%ga oshishi kutilmoqda. Korxonaning tarmoqdagi YaIM 1,4%ga salmoqli o‘sishiga zamin yaratgan;
«Muborak NGQCh» Boshqarmasida ishlab chiqarish xomashyo bazasini va zaxirasini oshirishda yer ostida qolib ketayotgan neftni samarali o‘zlashtirishni inobatga olgan holda prognozini qilish «Muborak NGQCh» Boshqarmasining 2021 yil 21 apreldagi 215-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan («Muborak NGQCh» Boshqarmasining 2022 yil 10 iyundagi 322-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish samaradorligi 16%ni, ya’ni 7 mlrd. so‘m mablag‘ni tashkil etib, mamlakatning neft zahirasini 23 mln m3 debit bilan oshirishga xizmat qildi. Korxonaning innovatsion jozibadorligi 7% ga oshirish imkonini bergan.