Soliev Alisher O‘roqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arterial gipertenziyada o‘sish va zararlanish oqsili omillarining ahamiyatini gender jihatlari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib1464.
Ilmiy rahbarlar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlar doktori, professor; Jarilkasinova Gauxar Janizakovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ravshanbek Babajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tuzankina Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arterial gipertenziyada o‘sish va zararlanish oqsili omillarini jinsni hisobga olgan holda o‘rganish va uning og‘irligini baholash uchun prognostik me’zonlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arterial gipertoniyada kardiogen va serebral asoratlarining rivojlanishi va kechishi og‘irligining me’zonlari birinchi marta ishlab chiqildi: ayollar uchun VEGF konsentratsiyasining bo‘sag‘a ko‘rsatkichlari 182,5 pg/ml ni tashkil qilishi asoslangan; 
AG bilan og‘rigan erkaklarda VEGF ning qondagi bo‘sag‘a miqdori 185,5 pg/ml bo‘lsa, serebral asoratlar rivojlanish xavfi oshishi isbotlangan;
areterial gipertoniyaning 1-darajasi bo‘lgan ayollarda qondagi IGF-I omili miokard infarkti rivojlanish xavfining indikatori ekanligi isbotlangan;
TGF-β1 omili chap qorincha gipertrofiyasi, hayotiy muhim organlarda – yurak, bosh  miya va buyrakda fibroz, skleroz  xavfi yuqoriligi ehtimolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Arterial gipertenziyada o‘sish va zararlanish oqsili omillarining ahamiyatini gender jihatlarilarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arterial gipertongiya rivojlanishining immun-biokimyoviy jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Arterial gipertenziyada o‘sish va zararlanish oqsili omillarini jinsni hisobga olgan holda prognostik ahamiyati" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan: (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 apreldagi 8n-m/349-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma jinsni hisobga olgan holda AG diagnostikasi va davolashda differensial yondashuv uchun xizmat qilgan;
arterial gipertenziyada o‘sish va zararlanish oqsili omillarining ahamiyatini gender jihatlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi va Kogon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi  klinik amaliyotiga tatbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 apreldagi 8n-r/212-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etilishi arterial gipertenziyada o‘sish va zararlanish oqsili omillarini jinsni hisobga olgan holda o‘rganish va uning og‘irligini baholash uchun prognostik me’zonlar bemorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldini olib, iqtisodiy tejamkorlikka olib kelgan va bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish