Ortikova Nargiza Xayrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ambulator stomatologik qabulda bolalarning psixoemotsional stressini to‘girlash orqali davolash va profilaktika choralarining samaradorligini oshirish», 14.00.21-stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib.1440.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori. professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Bekjanova Ol`ga Esenovna,tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Abduazim Abduvalievich,tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi ambulator tish shifokori qabulida bolalarning ruhiy emotsional zo‘riqishni to‘g‘irlash orqali kompleks davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor ambulator stomatolog qabulida bolalarda ruhiy emotsional zo‘riqishning Kerdo vegetativ indeksi hajmining ishonchli kamayishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
ikki omilli dispersion tahlil natijasida bemorlardagi ruhiy emotsional zo‘riqishni davolash natijasida vizual va o‘lchab nazorat qilishda asosiy guruh bemorlarining 68,5 %da simpatikotoniya, nazorat guruhi bemorlarining 5%da eytoniyaning aniqlanganligi orqali tish shifokori qabulidagi sharoitlarga tezroq moslashishi isbotlangan.
kuchli bezovtalik xissiga tushadigan bolalarda ruhiy-emotsional zo‘riqishni davolashdan keyin aralash so‘lakda kortizoli darajasi kamayishi isbotlangan;
ilk bor bolalarda stomatologik qo‘rquv va xayajonni barqarorlashtirishda shaxsiylashtirilgan yondashuv qo‘llanilishi orqali psixoemotsional stressni yaxshilanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Ambulator stomatolog qabulida bolalarda stomatologik bezovtalik tashxisini qo‘yish va buning oldini olish choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
stomatolog qabulida bemorlarning psixoemotsional zo‘riqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Stomatolog qabulida bemorlarning psixoemotsional zo‘riqish xolati” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 apreldagi 8n-r/1068-son) Ushbu tavsiyanoma psixoemotsional zo‘riqish holati sabablarini aniqlash usulini qo‘llash orqali davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
stomatolog qabulida bemorlarning psixoemotsional holati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Stomatolog qabulida bemorlarning psixoemotsional stressini oldini olish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-r/1066-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bemorlarning psixoemotsional stressini oldini olish usullarini maqbullashtirish (optimallashtirish) orqali stressni kamaytirish imkonini yaratgan;
ambulator stomatologik qabulda bolalarning psixoemotsional stressini to‘girlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari amaliy sog‘liqni saqlashga, jumladan, Surxandaryo viloyat bolalar stomatologik poliklinikasi va Samarkand viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologik poliklinikasi faoliyatiga tatbiq etildgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 dekabrdagi 08-40952-son ma’lumotnomasi). Natijada psixoemotsional stressini to‘g‘irlash orqali davolash muddatini qisqartirish va profilaktika choralarining samaradorligini oshirish imkoniyatini bergan.