Eshankulova Dildora Ilxomovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sellyuloza efirlari va poliakrilatlar asosida quyuqlashtiruvchi kompozisiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2789.
Ilmiy rahbar: Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, PhD.17/30.07.2022.T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Vapoyev Husnitdin Mirzoyevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Fayzullayev Normurot Ibodullayevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kraxmal, polivinilatsetat, karboksimetilsellyulozaning natriyli tuzi va poliakrilamid asosida ipak tolali matolarga gul bosishda qo‘llaniladigan yuqori samarali quyuqlashtiruvchilar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor karboksimetilsellyulozaning natriyli tuzi, kraxmal, polivinilatsetat va poliakrilamid asosida quyuqlashtiruvchilarni olish usullari ishlab chiqilgan;
yaratilgan quyuqlashtiruvchilar tarkibidagi funksional faol guruhlari va kraxmalning birlamchi gidroksil guruhi bilan o‘zaro ta’sirlashish mexanizmi asosida quyuqlashtiruvchi xususiyatini namoyon qilishi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida quyuqlashtiruvchilar yaratilgan va ularning fizik–kimyoviy xossalari aniqlangan;
ishlab chiqilgan quyuqlashtiruvchilar asosida ipak tolali matolarga faol bo‘yoqlar bilan gul bosilganda matoning koloristik va ekspluatatsion xossalari ortishi aniqlangan;
quyuqlashtiruvchilarni qo‘llashning iqtisodiy va ekologik samaradorligi aniqlangan hamda ipak tolali matolarga gul bosishda quyuqlashtiruvchilarni qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xomashyolar asosida quyuqlashtiruvchilar olish va ulardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar karboksimetilsellyulozaning natriyli tuzi, kraxmal, poliakrilamid va polivinilatsetat asosida quyuqlashtiruvchilar olish texnologiyasi «Navoiyazot» AJ korxonasining “2025 yilda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Navoiyazot» AJning 2022 yil 3 iyundagi 03/3975-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan yangi tarkibli quyuqlashtiruvchilar respublikamizga chet eldan olib kelinayotgan alginat, emprint, manuteks, DGT va KMK kabi an’anaviy quyuqlashtiruvchilarni to‘liq almashtirish imkonini beradi;
mahalliy xomashyolar asosida yaratilgan yelimlovchi-bog‘lovchi polimer kompozisiyalarni olish texnologiyasi «Navoiyazot» AJ korxonasining “2025 yilda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Navoiyazot» AJ ning 2022 yil 3 iyundagi 03/3975-son ma’lumotnomasi). Natijada, ipak tolali matolarga gul bosish jarayonida qo‘llaniladigan yelimlovchi-bog‘lovchi tarkiblarni 95,4 % unum bilan olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish