Usmanova Dilnoza Ulug‘bekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda klinik-ijtimoiy tadqiqot, ularni olib borish va reabilitatsiyasini tashkillashtirishni takomillashtirish yo‘llari», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment; 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1301.
Ilmiy rahbarlar: Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Daminov Botir Turgunpulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlanirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi buyrak transplantatsiyasi amaliyotini o‘tkazgan bemorlarda klinik-laborator xamda hayot sifati ko‘rsatkichlarini o‘rganish va baholash, ularni kuzatish va olib borishni tashkillashtirishni takomillashtirish yordamida tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyrak transplantati resipientlarining sog‘ligini ob’ektiv tavsiflovchi klinik-laborator ko‘rsatkichlar asosida nisbatan ko‘proq uchraydigan komorbid holatlar aniqlangan;
buyrak transplantati resipientlari hayot sifati ko‘rsatkichlari integratsiyalashgan umumiy jismoniy va umumiy ruhiy sog‘liq hamda jismoniy va ruhiy sog‘liqning ko‘plab shkalalari bo‘yicha dasturli gemodializ bilan davolanayotgan bemorlarga qaraganda sezilarli baland ekanligi asoslangan;
transplantat surunkali disfunksiyasining mavjudligi, buyrak resipientlarining hayot sifati ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etuvchi omil ekanligi aniqlangan;
buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda ish bilan bandlik va oliy ma’lumotga ega bo‘lish kabi ijtimoiy-demografik omillar, resipientlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;
buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotidan 12 oydan so‘ng, hamda 2 va undan ortiq yildan keyin sog‘liqning jismoniy va ruhiy tarkibiy qismlarining ko‘p shkalalari bo‘yicha ijobiy tomonga o‘zgarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buyrak resipientlarida klinik-ijtimoiy tadqiqod, ularni olib borish va reabilitatsiyasini tashkillashtirishni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
buyrak transplantati resipientlarini olib borish va reabilitatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha «Buyrak transplantatsiyasi amaliyotini o‘tkazgan bemorlarni olib borish va reabilitatsiya qilish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-z/470-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan bemorlar dispanser kuzatuvi va nazoratini tashkil etishni mukammallashtirish va ularga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirishga imkon bergan;
buyrak transplantati resipientlari hayot sifatini o‘rganish, ularni olib borish va reabilitatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm va Jizzax filiallari faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 8 fevraldagi 08-02939 sonli ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy etish natijalari, resipientlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, keyinchalik ham ularni olib borish va reabilitatsiya qilish uchun to‘g‘ri yo‘lni tanlash imkonini bergan.