Tashmetov Xurshidbek Muslimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xavf omillarining yoshlar nafas olish tizimining holatiga ta’siri va profilaktika usullarini optimallashtirish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib181.
Ilmiy rahbar: Ubaydullaeva Naima Nabixanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori; Parpibaeva Dinara Ayupovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda respirator kasalliklar rivojlanishini asosiy xavf omillarini o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va ularni profilaktikasi yo‘llarini optimallashtish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respirator patologiya rivojlanish xavf omillari (gumoral immunologlobulin E) va mahalliy immunitet (immunoglobulin A) hamda tamaki chekish bilan klinik-funksional belgilar orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
respirator patologiya klinik-funksional belgilari bo‘lgan yoshlarda chiqarilayotgan nafasdagi uglerod oksidi, sekretor immunoglobulin A va chekish intensivligi orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
passiv chekuvchi yoshlarda immunolobulin E bilan yallig‘lanishga javob beruvchi chiqarilayotgan nafas havosi tarkibidagi azot oksidi  orasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik, immunoglobulin A bilan esa, teskari korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
tamaki chekishdan voz kechgandan so‘ng rivojlangan bronxlar giperreaktivligi leykotrien reseptorlarini bloklovchi preparatlarni qo‘llash yordamida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xavf omillarining yoshlar nafas olish tizimining holatiga ta’siri va profilaktika usullarini optimallashtirish  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
xavf omillarining yoshlar respirator tizimining holatiga ta’siri va profilaktika usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Yoshlarda bronx-o‘pka kasalliklari xavfini profilaktikasini optimallashtirish algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2022 yil 3 martdagi 8n-z/238-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarni antismoking programmalarga differensirlangan tanlashni yaxshilash, profilaktika tadbirlarini muvofiqlashtirish hamda bronx-o‘pka kasalliklari rivojlanishini va avj olishini oldini olish, nogironlikni kamaytirish  imkonini bergan;
xavf omillarining yoshlar nafas olish tizimining holatiga ta’siri va profilaktika usullarini optimallashtirish bo‘yicha bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan,  Navoiy viloyati “Ftiziatriya va pul`monologiya” markazi va Toshkent viloyatiToshkent tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi 08-01441-son  ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni tatbiq etish chekishga qarshi dasturlar uchun bemorlarni differensial tanlab olishni takomillashtirish, profilaktika usullarini optimallashtirish, bron-o‘pka kasalliklari rivojlanishmni oldini olish xamda nogironlikni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish