Muxamatxanova Rimma Fail`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «artemisia turkumining seriphidium turi o‘simliklarining ikkilamchi metabolitlari», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/K55.
Ilmiy rahbar: Aripova Salima Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanberdieva Ra’no Karimovna, kimyo fanlari doktori; Abdullajonova Nodira G‘ulomjonovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Artemisia lehmanniana Bunge, A. leucotricha Krasch. ex Ladyg., Artemisia korshinskyi Krash. ex Poljak. va A. tenuisecta Nevski. o‘simliklarining ikkilamchi metabolitlarini ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishi hamda biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Artemisia turkum Seriphidium kenja turkumi o‘simligining to‘rt turidan (Artemisia lehmanniana Bunge, A. leucotricha Krasch. ex Ladyg., A. korshinskyi Krash. ex Poljak. i A. tenuisecta Nevski.) 15 ta terpenoid , 7 ta fenol birikmalar ajratib olingan;
o‘simliklarni 4 ta turidan ma’lum moddalar 1 ta monoterpenoid, 4 ta seskviterpen lakton, 5 ta triterpenoid, 6 ta flavonoid, 1 ta kumarin identifikatsiya qilingan;
yangi beshta terpenoidlar (1 ta monoterpen al`degid, 2 ta seskviterpen laktonlar va Artemisia turkumi o‘simliklardan ilk 2 ta diterpenoid alkaloidlar) ajratib olingan va ularning tuzilishi isbotlangan;
artekorin va α-santonin terpenoidlarining suvda eruvchan hosila-larining aritmiyaga hamda viruslarga qarshi yuqori faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Artemisia turkumi Seriphidium kenja turkumi o‘simliklarining to‘rtta turidan ikkilamchi metabolitlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
artekorin galogengidratlarining antiaritmik faolligiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (19.04.2013 y., № IAP 04685). Natijada artekorin alkaloidi va uning galogengidratlaridan tibbiyot uchun yangi antiaritmiyaga qarshi dori vositasi yaratish imkonini bergan;
Artemisia turidan ajratilgan moddalarning kimyoviy tuzilishi va ularning spektral analiz natijalari yetakchi xorijiy ilmiy jurnallarda terpenoidlar va fenol birikmalar tuzilishini aniqlashda foydalanilgan (Natural Product Report, 2001, V. 18, 650-673, ResearchGate, IF–4.69; Natural Product Report, 2006, V. 23, 699-734, ResearchGate, IF–9.46; Natural Product Report, 2012, V. 29, 1334-1366, SciJournal, IF–10.178; Natural Product Report, 2013, V. 30, 1226-1264, SciJournal, IF–10.715). Tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi birikmalarning strukturaviy tuzilishlarini aniqlash imkonini bergan;
Artemisia tenuisecta dan olinganseskviterpen lakton α-santonin FA-A11-T035 raqamli «Gel`mintlar va lyambliyalarga qarshi keng spektrga ega kompleks dori vositasi yaratish» mavzusidagi loyihada seskviterpen lakton α-santonin gel`mintlarga qarshi faolligini taqqoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 30 yanvardagi 4/1255-231-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishiseskviterpen laktonlar gel`mintlarga qarshi faollikni aniqlash imkonini bergan;
Oltita ajratilgan birikmaning tuzilishi Angliyadagi xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambrige Structural Database, https:// www.ccdc.cam.ac.uk/structures/) va ularga TITMAL 679988, ECETOV 1148491, zerkak 252386, ZERKEO 916272, XATPOY 249892, XATPUE 249893 ID raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Natijada bazaga kiritilgan o‘xshash moddalarning fazoviy tuzilishlarini va elektron dasturlarni qo‘llagan holda potensial farmakologik faoliyatni aniqlash imkonini bergan.