Norov Firuz Xakberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin old devori churralarida allogernio-plastikasida differensial yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1756.
Ilmiy rahbar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi .
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Ulug‘bek Marufdjanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: «A.V.Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya milliy tibbiyot tadqiqot markazi» (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlatiladigan materiallarning gistologik muvofiqligini aniqlashga asoslangan alloprotezni tanlashga differensial yondashuv orqali operatsiyadan keyingi churrasi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir vaqtning o‘zida bir nechta turdagi allomateriallar qo‘llaniladigan gernioplastika uchun sintetik endoprotezlarning gistologik muvofiqligini ob’ektiv baholash maqsadida qorin tashqi churralarining eksperimental modeli ishlab chiqilgan;
allogernioplastikada eng ko‘p ishlatiladigan materiallarning bitish samaradorligini baholash, ishlab chiqilgan eksperimental model asosida aniqlangan;
klinik va biokimyoviy profil ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda birinchi marta shkala ishlab chiqildi va operatsiyadan keyingi ventral churra bilan og‘rigan bemorlarni turli allomateriallarning gistologik muvofiqlik darajasiga ko‘ra taqsimlash amalga oshirish asoslangan;
gisto-muvofiqlik darajasiga qarab allomaterial turini tanlashda diffensial yondashuv taklif etilib, qorinning tashqi churralarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda takomillashtirilgan yondashuvning klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Allogernioplastika usulini tanlashga differensial yondashuvni asoslash orqali operatsiyadan keyingi qorin old devorining churrasini jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
operatsiyadan keyingi qorinning old devori churralariga differensial yondashuv asosida davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Operatsiyadan keyingi ventral churralarni davolashda takomillashtirilgan yondashuvni ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyuldagi 8n-r/705-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma operatsiyadan keyingi ventral churralarni davolashda takomillashtirilgan yondashuvni qo‘llash imkonini bergan;
qorin old devori churralarida allogernio-plastikasida differensial yondashuv bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi rejali jarrohlik bo‘limi va Kogon shahar tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limi amaliyotiga tadbiq qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 24 yanvardagi 08-01340-son ma’lumotnomasi).Ushbu uslubiy tavsiyanoma birinchi marta sintetik endoprotezlarning gistologik muvofiqligini xolis baholash uchun qorin tashqi churralarining eksperimental modeli taklif etilgan; eng ko‘p ishlatiladigan allomateriallarning morfologik bitish samaradorligi baholangan; operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarning gisto-muvofiqlik darajasiga taqsimlanish shkalasi ishlab chiqilgan va allotransplantatni tanlashga differensial yondashuv taklif qilindi, bu operatsiyadan keyingi dastlabki davrda jarrohlik asoratlari chastotasini kamaytirishga imkon bergan.