Xamdamov Ilxomjon Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fertil yoshdagi ayollarda gernioplastika usulini tanlashda differensial yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2913.
Ilmiy rahbar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori; Salaxiddinov Kamoliddin Zuxriddinovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: «A.V.Vishnevskiy nomidagi xirurgiya milliy tadqiqot markazi.» (Rossiya federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: allogernioplastika usulini tanlashga tabaqalashtirilgan yondashuvni asoslash orqali fertil yoshdagi ayollarni qorin old devorining churrasi bilan jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlik paytida uning turli davrlarida qorin old devori to‘qimalarida mexanik o‘zgarishlarni simulyasiya qiladigan tajribaviy model ishlab chiqilgan;
«homiladorlik»ning tajribaviy modelida qorin old devorining ma’lum bir qismlarining cho‘ziluvchanligi turli xil allomateriallar yordamida aniqlangan;
fertil yoshdagi ayollarda qorinning old devori churrasida gernioplastika usulini tanlashning optimal sxemasi asoslangan;
takomillashtirilgan yondashuvning klinik samaradorligi baholangan va fertil yoshdagi ayollarda gernioplastikani tanlashga an’anaviy yondashuv bilan baho berish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Allogernioplastika usulini tanlashga tabaqalashtirilgan yondashuvni asoslash orqali fertil yoshdagi ayollarni qorin old devorining churrasi bilan jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tug‘ruq yoshidagi ayollarda qorinning old devori churralariga differensial yondashuv asosida davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Fertil yoshdagi ayollarda tashqi qorin churralarini xirurgik davolash taktikasini tanlashda zamonaviy yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 sentyabr 8n-p/981-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma fertil yoshdagi ayollarda tashqi qorin churralarini xirurgik davolash taktikasini tanlashda zamonaviy usullarni qo‘llash imkonini bergan;
fertil yoshdagi ayollarda gernioplastika usulini tanlashda differensial yondashuv bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti birinchi son klinikasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 setyabrdagi 8n-d/489-son ma’lumotnomasi). Tadbiq qilingan natijalar operatsiyadan keyingi erta davrda jarrohlik asoratlarining chastotasini 13,4 dan 6,3% gacha ishonarli darajada kamaytirishga va uzoq muddatli davrda qaytalanishlarning ulushini 8,5 dan 1,6% gacha hamda bemorlar hayotiga xavf tug‘diruvchi asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.