Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘pfunksional strukturantlar bilan ko‘chma qumlarni mustahkamlashning kolloid-kimyoviy qonuniyatlari», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/K34.

Ilmiy maslahatchi: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor; Narmetova Gulnara Rozikulovna, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: suvda eruvchan SFM va sanoat chiqindilari asosida olingan ko‘pfunksional strukturantlar yordamida tuzli tuproq va ko‘chma qumlarni kimyoviy qotirishning kolloid-kimyoviy qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ko‘chma tuzli tuproq va qumlarni kimyoviy mustahkamlash uchun reagentlar kompozisiyasini tanlashning kolloid-kimyoviy prinsiplari aniqlangan;

kimyoviy reagentlar va sanoat chiqindilaridan tashkil topgan ko‘pkomponentli strukturantlarning erkin qum dispersiyalarini  mustahkamlash mexanizmlari asoslangan;

ko‘chma tuzli-qum disperslariga suvda eruvchan polimerlar bilan ishlov berilganda, polimer ikki o‘lchamli strukturadan uch o‘lchamli strukturaga o‘tishi va suvda erimaydigan polimerlarga aylanishi aniqlangan;

ko‘chma tuzli tuproq-qumlarni mustahkamlash uchun taklif qilinayotgan usullar asosida tuproq-qum yuza qatlamining mexanik mustahkamligi 2,6–3,0 MPa gacha va suvga chidamli agregatlar miqdori 70–80% bo‘lganda fitomelioratsiya jarayonini amalga oshirishning eng maqbul sharoiti aniqlangan;

ko‘chma tuzli tuproqlarga ohak, kul va kompleks qo‘shilmalar Sa(ON)2+SDB va Sa(ON)2+EG ta’siri natijasida ularning «tuproq-tuz-suv-meliorant-qo‘shimcha» sistemasida suvda eruvchan tuzlar bilan birikib, gel holatidagi yangi mahsulot hosil bo‘lishi natijasida ularning tuproq zarralarida adsorbsiya va adgeziyaga uchrashi yuzada mustahkam struktura hosil qilish mexanizmi asoslangan;

qo‘shilmalar (daraxt qipig‘i, xazang, kul va h.k.) dan foydalanish o‘simlik unishini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek kompozision qo‘shilmalarning “yumshoq” biriktiruvchi ta’sirini yaxshilashda yordam beruvchi mustahkamlovchi qobiqning g‘ovak va namlik sharoitini oshirishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Orol va Surxondaryo ko‘chma tuproq va qumlarini mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan kimyoviy reagentlar kompozisiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kimyoviy reagentlar va sanoat chiqindilari asosida yaratilganyangi kompozisiyalar Orolning Ko‘k-Daryo bo‘ylari ko‘chma tuproq qumlarini mustahkamlashda amaliyotga joriy etilgan (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 12 dekabrdagi 03/1-6643-son ma’lumotnomasi). Natijada KGS reagenti va daraxt qipig‘i kompozisiyalaridan foydalanib, mustahkam qatlam (mustahkamligi 0,77–3,1 MPa va suvga chidamliligi 29,8–74,75%) hosil qilish imkonini bergan;

suvda eruvchan polimer MPK-1 va qo‘shimchalar (daraxt qipig‘i, xazang, ohak, kul va b.q) asosidagi yangi kompozisiyalar Surxondaryo cho‘l hududlari ko‘chma qumlarini mustahkamlashda joriy etilgan  (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 12 dekabrdagi 03/1-6643-son ma’lumotnomasi). Natijada MPK-1 polimeri va daraxt qipig‘i kompozisiyalaridan foydalanib, mustahkam qatlam (mustahkamligi 0,70–3,16 MPa va suvga chidamliligi 31,8–81,28%) hosil qilish imkonini bergan;

Orol ko‘chma tuproq va qumlarini mustahkamlab, fitomelioratsiya imkoniyatini inobatga olib ishlab chiqilgan kompleks usul amaliyotga joriy qilingan  (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 12 dekabrdagi 03/1-6643-son ma’lumotnomasi). Natijada kompleks qo‘shilmalar bilan ishlov berilgan tuproq va qumlarda tuzga chidamli o‘simliklar o‘stirish imkonini bergan;

atrof-muhitni muhofaza qilishda tuproqni suv va shamol eroziyasidan muhofaza qilish, cho‘llanish muammosini oldini olish, shuningdek atmosfera havosi, suv resurslarini muhofaza qilish natijalari asosida «5850200-ekologiya va tabiatdan foydalanish» sohasi talabalari uchun «Tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish» darsligi chop etilgan (11.05.2011 y., 192/9-son guvohnomasi). Natijada ekologiya va tabiatdan foydalanish yo‘nalishlari bakalavr va magistr talabalarini atrof muhitning muhim omillari, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish