Ismailov Ulug‘bek Mirabidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Regenerator ishchi qismlarini takomillashtirish orqali paxtani regeneratsiyalash va tozalash texnologiyasining samaradorligini oshirish” 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T2915
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc 30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Kuliev Toxir Mamarajapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Abdulxaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta regeneratorining ishchi qismlarini takomillashtirish bilan uning ishlash samarasini oshirishni ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani arra tishidan ajratuvchi va paxtani tozalash samarasi yuqori bo‘lgan, paxta bo‘laklarini chiqish tomon yo‘naltirish uchun o‘qga nisbatan og‘uvchi rezina-plankali ajratish barabanli, paxtani arra tishlariga ildiruvchi kolosnikli moslamali paxta regeneratori ishlab chiqilgan;
tolali chigitni regenerator arrali barabani arra tishlari tomonidan ilib olgandagi reaksiya kuchlarini xisobi bo‘yicha harakatini ifodalovchi tenglamalar sistemasi va rezina-planka orqali ajratib olishdagi inersiya kuchini aniqlash tenglamasi olingan;
paxta bo‘lagini rezinali planka sirtidagi harakat qonunini ifodalovchi differensial tenglamalar sistemasi hosil qilingan va paxta bo‘laklarini rezina-plankali barabanda transportirovka qilish vaqtini baraban burchak tezligining ortishi bilan nochiziqli qoidada kamayishi aniqlangan;
ishlab chiqilgan paxta regeneratorining takomillashtirilgan konstruksiyasining asosiy parametrlari ajratuvchi baraban rezina-plankasini diskda joylashish burchagini, aylanish tezligini va ish unumdorlik ko‘rsatkichlarini ko‘p omilli natijalari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani iflosliklardan tozalash oqimi texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinalaridan ajralgan chiqindi tarkibidan paxtani ajratishning takomillashtirilgan 2RX-M regeneratori Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi «FERGANA SPINNING» MChJ klasteriga qarashli paxta tozalash korxonasining paxtani yirik iflosliklardan tozalash texnologik mashinalari tizimiga joriy qilindi (“Paxta to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yildagi №02/22-630 sonli ma`lumotnomasi). Natijada II-sanoat navida tozalagichning arra tishlaridan paxtani ajratish koeffisienti 99,5 % ni tashkil etib, amaldagisidan 0,7 % ga, chiqindi tarkibidagi paxtani ajratish samarasi 98,9 % ni tashkil etib, amaldagisidan 0,7 % ga va IV- sanoat navida esa ajratish koeffisienti 98,8 % ni tashkil etib, 0,9 % ga, chiqindi tarkibidagi paxtani ajratish samarasi esa 98,2 % ni tashkil etib, amaldagisidan 0,6 % ga yuqoriligiga erishilgan.