Pulatova Muxabbat Egamberdiyevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovasion kompetensiyasini rivojlanitirishning pedagogik asoslari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2819. Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ma’murov Baxodir Baxshullayevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mustafoyev Shomurod Normuminovich, pedagogika fanlari buyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovasion kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi innovasion kompetensiyasining motivlashtirish, qadriyatlarga yo‘naltirish, faollashtirish, refleksiya kabi tashkil etuvchilari mazmuni tegishli shart-sharoitlar yaratish, subyekt omilini ustuvorlashtirish, yangiliklarga ochiqlik, gipotetik-deduktiv, o‘sib boruvchanlik xususiyatlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
innovasion ta’lim muhiti imkoniyatlari o‘qituvchi kompetensiyasiga ta’sir etuvchi omillar, nazariy, amaliy va shaxsiy tayyorgarlik, nostandart fikrlash, konstruktiv, gnostik, prognostik, kommunikativ, proyeksion, tashkiliy, tahliliy, moslashuvchanlik, maqsad qo‘yish va amalga oshirishda sobitlik ko‘nikmalariga bog‘liqlikda kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovasion kompetensiyasini rivojlantirish modeli integrativlik, uzluksizlik, variativlik, ilmiy-metodik yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan diagnostik-propedevtik, oriyentirlash-modellashtirish, adaptiv-korrektiv, eliminativ-yakuniy bosqichlarda amalga oshirilishi asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda strategik ta’sirni amalga oshirish uchun strategik innovasion pozisiyani egallashi (o‘zgarishlar, yangiliklarni to‘laligicha qamrab olish, bu vaziyatda o‘zi, hamkasblari, ta’lim ishtirokchilari harakatlari, o‘zaro ta’sirini tushunish) faollashtirish va qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovasion kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari innovatsion kompetensiyasining motivlashtirish, qadriyatlarga yo‘naltirish, faollashtirish, refleksiya kabi tashkil etuvchilari mazmuni tegishli shart-sharoitlar yaratish, sub’ekt omilini ustuvorlashtirish, yangiliklarga ochiqlik, gipotetik-deduktiv, o‘sib boruvchanlik xususiyatlarini belgilash asosida takomillashtirishga hamda innovatsion ta’lim muhiti imkoniyatlari o‘qituvchi kompetensiyasiga ta’sir etuvchi omillar, nazariy, amaliy va shaxsiy tayyorgarlik, nostandart fikrlash, konstruktiv, gnostik, prognostik, kommunikativ, proeksion, tashkiliy, tahliliy, moslashuvchanlik, maqsad qo‘yish va amalga oshirishda sobitlik ko‘nikmalariga bog‘liqlikda kengaytirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 14 dekabrdagi 316-sonli buyrug‘ining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 26 yanvardagi 02-02/3-28-son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion ta’lim muhiti imkoniyatlarini kengaytirish asosida o‘qituvchilarning innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish imkonini bergan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish modeli integrativlik, uzluksizlik, variativlik, ilmiy-metodik yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan diagnostik-propedevtik, orientirlash-modellashtirish, adaptiv-korrektiv, eliminativ-yakuniy bosqichlarda amalga oshirilishi asosida takomillashtirishga hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda strategik ta’sirni amalga oshirish uchun strategik innovatsion pozisiyani egallashi (o‘zgarishlar, yangiliklarni to‘laligicha qamrab olish, bu vaziyatda o‘zi, hamkasblari, ta’lim ishtirokchilari harakatlari, o‘zaro ta’sirini tushunish) faollashtirish va qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish - 2022” loyihasini bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 26 yanvardagi 02-02/3-28-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion pozisiyasini anglashi va tegishli harakatlarni amalga oshirishida ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish