Jum’azoda Malika Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya si himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ommaviy axborot vositalari orqali talabalarni ijodkorlik faoliyatiga yo‘naltirishning pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2077.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xasanova Kibriyo Xasanovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Narziqulova Dilnoza, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.dosent; Taylanova Shoxida pedagogika fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ommaviy axborot vositalari orqali talabalarni ijodkorlik faoliyatiga yo‘naltirishning pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar ijodkorligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari kognitiv, motivasion-faoliyatli, qayta o‘zgartirish, dekorativ komponentlarning kreativlikka xos original g‘oyalarni ilgari surish, nostandart fikrlash, fikrning moslashuvchanligi kabi sifatlar bilan qayta aloqasining identivligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
ommaviy axborot vositalari orqali talabalarni ijodkorlikka yo‘naltirish jarayonlari autentik materiallar bilan ishlashga doir sinektik faoliyatni kichik guruhlarning kollaborasiyasi bilan intensiv aloqasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalari orqali talabalarni ijodkorlikka yo‘naltirishning sinektik-didaktik modelining amaliy komponenti muammoli, metaforali, aniq vaziyatli, loyihaviy o‘quv topshiriqlarini kreativ faoliyatning to‘rt bosqichli algoritmiga adaptativ loyihalash orqali takomillashtirilgan;
ommaviy axborot vositalari orqali talabalarni ijodkorlikka yo‘naltirishning bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish, ta’limiy qadriyatlarning “ichki anglanishi”, kontekstli ta’lim bo‘yicha kommunikativ malakalarni rivojlantirish kabi pedagogik shart-sharoitlari mustaqil-izlanuvchilikka yo‘naltirilgan tadqiqotchilik kompetensiyasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ommaviy axborot vositalari orqali talabalarni ijodkorlik faoliyatiga yo‘naltirishning pedagogik asoslari mavzusida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalar ijodkorligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlarini kognitiv, motivasion-faoliyatli, qayta o‘zgartirish, dekorativ komponentlarning kreativlikka xos original g‘oyalarni ilgari surish, nostandart fikrlash, fikrning moslashuvchanligi kabi sifatlar bilan qayta aloqasining identivligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirish, ommaviy axborot vositalari orqali talabalarni ijodkorlikka yӯnaltirish jarayonlari autentik materiallar bilan ishlashga doir sinektik faoliyatni kichik guruhlarning kollaborasiyasi bilan intensiv aloqasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir pedagogika yo‘nalishlarining ta’lim tojik tilida olib boriladigan guruhlari uchun “Pedagogikai ijtimoi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022 yil 28 yanvardagi 6-son qarori, 134-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalar ijodkorligini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalari orqali talabalarni ijodkorlikka yo‘naltirishning sinektik-didaktik modelining amaliy komponentini muammoli, metaforali, aniq vaziyatli, loyihaviy o‘quv topshiriqlarini kreativ faoliyatning to‘rt bosqichli algoritmiga adaptativ loyihalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika yo‘nalishlarining ta’lim tojik tilida olib boriladigan guruhlari uchun “Pedagogikai ijtimoi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022 yil 28 yanvardagi 6-son qarori, 134-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalar ijodkorligini rivojlantirishda interfaol o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ommaviy axborot vositalari orqali talabalarni ijodkorlikka yo‘naltirishning bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish, ta’limiy qadriyatlarning “ichki anglanishi”, kontekstli ta’lim bo‘yicha kommunikativ malakalarni rivojlantirish kabi pedagogik shart-sharoitlarini mustaqil-izlanuvchilikka yo‘naltirilgan tadqiqotchilik kompetensiyasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika yo‘nalishlarining ta’lim tojik tilida olib boriladigan guruhlari uchun “Pedagogikai ijtimoi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022 yil 28 yanvardagi 6-son qarori, 134-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, ommaviy axborot vositalarining talabalarda ijodkorlikni rivojlantirishga doir didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.