Sayfullayeva Ismigul Qodir qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak logopedlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda art texnologiyalardan foydalanish”, 13.00.03- Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2439.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Yakubjanova Dilobar Botirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Musayeva Nargiza Sayfullayevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak logopedlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ART texnologiyalardan foydalanishning korreksion-didaktik imkoniyatlarini aniqlash va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak logopedlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ART texnologiyalardan foydalanishning qulay harakatlanish, o‘zini-o‘zi namoyon qilish, ijodiy erkinlik kabi ijtimoiy omillari faoliyat kompensatsiyasi, bir qadam oldin, moslashuvchanlik, kommunikativlik kabi tamoyillarni talabalarning akademik trayektoriyasiga davriy monitoringli kiritish asosida aniqlashtirilgan; 
ART texnologiyalarning motivatsion, diagnostik, terapevtik, kognitiv hamda kreativ ta’sir komponentlari maktabgacha va ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’limda qo‘llanuvchi nafas ustida ishlash, artikulatsion mashqlar, logopedik massaj, umumiy va mayda motorikani rivojlantirish kabi logopedik ish turlarini talabalarning diversifikasion mustaqil faoliyatiga konsentrik takrorlanuvchi munosabatda joriy etish orqali takomillashtirilgan; 
bo‘lajak logopedlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ART texnologiyalardan foydalanish modeli nutqida nuqsoni bor bolalar bilan ishlashning diagnostik, artikulyasion, korreksion metodikalarini kasbiy yetilishning transformatsion bosqichlarida yakka moslashuvchanlik muhitida qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
ART texnologiyalarning musiqa, izo, qum, qo‘g‘irchoq terapiya kabi yo‘nalishlaridan korreksion ta’limda foydalanishning didaktik ta’minoti talabalarda kasbiy amaliyot bo`shliqlarini to`ldirishga yo`naltirilgan vizual dizaynli topshiriqlarni korreksion mobilizatsiya muhitida “talaba-tahlil obyekti” pozisiyasida qo`llash asosida takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak logopedlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ART texnologiyalardan foydalanishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: 
bo‘lajak logopedlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ART texnologiyalardan foydalanishning omillari va tamoyillarini talabalarning akademik trayektoriyasiga kiritishga oid metodik tavsiyalardan «O‘zbekiston» teleradiokanalida efirga uzatilgan «Ta’lim va taraqqiyot», «Bolalar va biz» nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2022 yil 7 sentyabrdagi 04-36-1461-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarda mavjud nutq nuqsonlarini bartaraf etishga oid art texnologiyalarning ommabop konteksda foydalanishni keng jamoatchilikka targ‘ib etishga erishilgan; 
ART texnologiyalarning komponentlaridan maktabgacha va ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’limda qo‘llanuvchi mashqlar va logopedik ish turlarini talabalarning diversifikasion mustaqil faoliyatiga konsentrik takrorlanuvchi munosabatda joriy etishga oid taklif va tavsiyalardan «Inklyuziv va korreksion ta’limda ART texnologiyalar» o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 166-092-son guvohnoma). Natijada, talabalarning kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan; 
ART texnologiyalarning musiqa, izo, qum, qo‘g‘irchoq terapiya kabi yo‘nalishlaridan korreksion ta’limda foydalanishning didaktik ta’minotini vizual dizaynli topshiriqlar bilan boyitishga doir tavsiyalardan Jizzax politexnika institutida amalga oshirilgan OT-F1-049 raqamli «Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari» mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2022 yil 9 sentyabrdagi 02-1990-1984-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kasbiy kompetensiyalarning kommunikativ, psixologik, diagnostik kabi komponentlarini intensiv rivojlantirishga mo‘ljallangan treninglar mazmuni takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish