Yorova Sayyora Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz va o‘zbek tibbiy nutqining ijtimoiy-madaniy xususiyatlari, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil433
Ilmiy rahbar: Raximov Axmat Sultonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped83.01
Rasmiy opponentlar: Nasrullayeva Nafiza Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Daniyeva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy diskursda pragmatik mazmunni shakllantiruvchi lisoniy birliklarning milliy-madaniy imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tiliga oid shifokor - bemor muloqotlarining qiyosi asosida tibbiy nutqning struktur, sintaktik tarkibiy tuzilishi, ishtirokchilarning dominant, resepiyent kabi ijtimoiy pozisiyalari, lisoniy vositalarning so‘z, tushuncha va konseptlar miqyosidagi kognitiv-diskursiv xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tiliga oid shifokor - bemor muloqotining diskursiv pozisiya va vaziyatlari institutsional, interkontekstual hamda xushmuomalalik bilan bog‘liq sotsiopragmatik, pragmatasemantik vositalar qiyosida dalillangan;
shifokor - bemor muloqotiga xos tashxis, davolash va tibbiy maslahat maqsadlarini ro‘yobga chiqaruvchi konfrontatsion va kooperatsion, avtoritar va kollegial strategiyalarning ingliz va o‘zbek tillaridagi yoshga ko`ra hurmat, qadriyatlarga sodiqlik singari o‘xshash va gender omili, ijtimoiy mavqe’ kabi farqli jihatlari belgilangan;
shifokor - bemor muloqotiga xos taktik vositalarning ingliz va o‘zbek tillarida: xushmuomalalik – kollegiallik –avtoritarlik strategiyalaridan birining ikkinchisi uchun zamin yaratuvchi bog‘lanishdan kelib chiqishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tibbiy nutqining ijtimoiy-madaniy xususiyatlari voqelanishi asosida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tiliga oid shifokor - bemor muloqotlarining qiyosi asosida tibbiy nutqning struktur, sintaktik tarkibiy tuzilishi, ishtirokchilarning dominant, resepiyent kabi ijtimoiy pozisiyalari, lisoniy vositalarning so‘z, tushuncha va konseptlar miqyosidagi kognitiv-diskursiv xususiyatlari ochib berilganligiga oid xulosalardan Samarqand davlat tibbiyot institutida amalga oshirilgan “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat tibbiyot institutining 2021 yil 2 fevraldagi 86-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot materiali tibbiyot xodimlarining kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda, tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalarning bemor bilan muloqot qobiliyatini o‘stirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tiliga oid shifokor - bemor muloqotining diskursiv pozisiya va vaziyatlari institutsional, interkontekstual hamda xushmuomalalik bilan bog‘liq sotsiopragmatik, pragmatasemantik vositalar qiyosida dalillanganligiga oid natijalardan Yevropa Ittifoqining Erasmus + dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMIP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasining nazariy asoslarini belgilashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 15 oktyabrdagi 2574/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, formal va noformal nutq kompetensiyalarini rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan;
shifokor - bemor muloqotiga xos tashxis, davolash va tibbiy maslahat maqsadlarini ro‘yobga chiqaruvchi konfrontatsion va kooperatsion, avtoritar va kollegial strategiyalarning ingliz va o‘zbek tillaridagi yoshga ko`ra hurmat, qadriyatlarga sodiqlik singari o‘xshash va gender omili, ijtimoiy mavqe’ kabi farqli jihatlariga oid fikrlardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2021 yil 15 oktyabr kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” dasturining ssenariysini yozishda foydalanildi (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi 2021 yil 8 noyabrdagi 01-11/542-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning til sohiblari pragmatik maqsadi, kommunikativ strategiyasi borasidagi dunyoqarashi boyitilishiga erishilgan;
shifokor - bemor muloqotiga xos taktik vositalarning ingliz va o‘zbek tillarida: xushmuomalalik – kollegiallik –avtoritarlik strategiyalaridan birining ikkinchisi uchun zamin yaratuvchi bog‘lanishdan kelib chiqishi haqidagi xulosalardan “English for medical studens” o`quv-qo`llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va Maxsus Ta’lim Vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i). Natijada, qo`llanmaning mazmuni diskurs va uning kognitiv xususiyatlari bo`lmish xushmuomalalik – kollegiallik –avtoritarlik strategiyalari mazmuni bilan to`ldirilishiga erishilgan.