Sultonov Asliddin Fazliddinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston ijro hokimiyatida boshqaruv madaniyatining rivojlanish jarayonlari», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (siyosat falsafasi), falsafa fanlari.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal26.

Ilmiy rahbar: Atamuratov Sadulla, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.

Rasmiy opponentlar: Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston ijro hokimiyatida boshqaruv madaniyatining rivojlanish tendensiyalarini ochib berish asosida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish omillarini aniqlashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tuzilmaviy-funsional tamoyil asosida boshqaruv madaniyatining elementlari (potensial, siyosiy, texnologik) o‘rtasidagi deterministik aloqadorlikning rahbarlik faoliyati sifati va samaradorligini oshirishdagi o‘rni, boshqaruv ma’naviyatining shakllanishi va madaniyatining rivojlanishi omillari ochib berilgan;

ijro hokimiyatida inson omilini faollashtirishning demokratik asoslari va boshqaruv madaniyatini yuksaltirishning demokratik modelini tizimlashtirish to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan;

boshqaruv madaniyatining sharqona va g‘arbona yondashuvlarini O‘zbekiston sharoitida uyg‘unlashtirish mexanizmlari falsafiy asoslangan;

O‘zbekiston ijro hokimiyatidagi va davlat xizmatiga kadrlar tayyorlash tizimidagi islohotlar tendensiyasi, qiyosiy tahlili hamda mahalliy davlat hokimiyati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma xulosalari asosida jamiyat boshqaruv salohiyatini mustahkamlash nazariyasi (algoritmik) va tamoyillari (individuallik, tuzilmaviy funksionalizm, innovatsion va kompleks muvozanat, ta’lim-tarbiya uyg‘unligi, uzluksizlik, nomarkazlashuv) ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston ijro hokimiyatida boshqaruv madaniyatining rivojlanish jarayonlariga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:

tuzilmaviy-funsional tamoyil asosida ochib berilgan boshqaruv madaniyatining elementlari (potensial, siyosiy, texnologik) o‘rtasidagi deterministik aloqadorlikning rahbarlik faoliyati sifati va samaradorligini oshirishdagi o‘rni, boshqaruv ma’naviyatining shakllanishi va madaniyatining rivojlanishi omillari hamda ijro hokimiyatida inson omilini faollashtirishning demokratik asoslari va boshqaruv madaniyatini yuksaltirishning demokratik modelini tizimlashtirishga oid ilmiy xulosa va takliflardan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida «Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning nazariy-metodologik masalalari» nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2018 yil 17 martdagi 501-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi davlat hokimiyatida boshqaruv ma’naviyati asoslarini mustahkamlash va madaniyatini yuksaltirishning nazariy-metodologik jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan tuman, viloyat va shahar miqyosida o‘tkazilgan «Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tamoyillari» mavzuidagi ochiq muloqotida foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 11 yanvardagi 14/19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy takliflarning amaliyotga joriy qilinishi fuqarolarning siyosiy va huquqiy ongi, savodxonligi va madaniyatini oshirishga, ijro hokimiyatida fuqarolik jamiyati institutlari va aholi murojaatlari bilan ishlash prinsiplarini biznes tuzilmalari bilan o‘zaro bog‘lashga xizmat qilgan.

boshqaruv madaniyatining sharqona va g‘arbona yondashuvlarini O‘zbekiston sharoitida uyg‘unlashtirish mexanizmlariga oid taklif-tavsiyalaridan 2015-2017 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-1-85+(1-159) «Ta’limda menejment va marketingning ijtimoiy-psixologik jihatlarini ishlab chiqish va milliy madaniyatni umuminsoniy madaniyat bilan uyg‘unlashtirishga oid uslubiy qo‘llanma tayyorlash» mavzusidagi amaliy grant loyihasi doirasida 2017 yilda chop etilgan «Texnogen sivilizatsiya sharoitida milliy madaniyatni rivojlantirish va umuminsoniy madaniyat bilan uyg‘unlashtirish» nomli uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 martdagi 89/03-993-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi boshqaruv faoliyatida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga tayanuvchi professional madaniyat rivojini ta’minlashning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

jamiyat boshqaruv salohiyatini mustahkamlash nazariyasi (algoritmik) va tamoyillari (individuallik, tuzilmaviy funksionalizm, innovatsion va kompleks muvozanat, ta’lim-tarbiya uyg‘unligi, uzluksizlik, nomarkazlashuv)ga oid taklif-tavsiyalardan

Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan I-2015-1-4 raqamli «O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy siyosatning tadrijiy rivojlanishi va takomillashtirish istiqbollari» mavzuidagi ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2017 yil 10 fevraldagi 48-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotda qo‘llanishi mamlakatimiz boshqaruv salohiyatini yuksaltirish ishiga xizmat qilgan;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilgan «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» mavzusidagi tadbirlarda (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 8 yanvardagi 02/09-21-18-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Ilmiy takliflarning amaliyotda joriy etilishi davlat xizmatchilari va yoshlarning siyosiy ongi, ijtimoiy-siyosiy faolligi oshishiga, vatanparvarlik va daxldorlik tuyg‘ulari mustahkamlanishiga xizmat qilgan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan «Yoshlar – kelajak bunyodkori» shiori ostidagi uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarda natijadorlikka erishishning ilmiy-amaliy masalalariga bag‘ishlangan respublika tadbirining o‘tkazilishi va xulosalarini shakllantirishda, «Aniq maqsadli yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash davr talabi», «Hokim va yoshlar» mavzularida o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2018 yil 10 yanvardagi 04-13/119-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotda joriy etilishi uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash va kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirishga, aniq maqsadli yo‘nalishlarda yoshlarni boshqaruvga tayyorlashning tegishli yo‘nalishlarini belgilab olishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish