Abduraxmanova Sanobar Maxammadaminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Navoiy nasriy asarlaridagi she’rlarning janr tarkibi va badiiy xususiyatlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2PhD/Fil1733.
Ilmiy rahbar: Homidov Hamidjon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Tojiboyeva Muqaddas, filologiya fanlari doktori, professor; Radjabova Burobiya, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning nasriy asarlaridagi she’rlarning janr tarkibi, mavzu doirasi, g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy xususiyatlarini aniqlab, nasriy asar tarkibigagi she’riy parchaga singdirilgan g‘oyalar vazifasini badiiy tahlil tamoyillari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Mahbub ul-qulub” asarlarida qo‘llanilgan 106 ta “Bayt”, 11 ta “Nazm”, 79 ta “She’r” nomi bilan qo‘llagan 196 ta janri noma’lum she’rlarning janri aniqlanib, badiiy ko‘lami, mavzu va g‘oyalar mundarijasi, tasavvufiy mohiyati, shakl va vazn xususiyatlari aniqlangan;
nasriy asarlarning mazmun-mohiyatiga ko‘ra, she’riy parchalarning asardagi joylashgan o‘rni va uning mavzuiy g‘oyaning yoritilish bilan bog‘liqligi, “Tarixi anbiyo va hukamo”da ko‘proq ibrat, “Tarixi muluki Ajam”da qudratli shohlar tarixi, “Holotlar”da ko‘proq ijodiy jarayon, muloqot, “Mahbub ul-qulub”da hikmat ma’nosida voqe bo‘lishi, she’r shakllarining qaysi janrda aks etishi, fikr bildirilishida janrning shakl va mazmun uyg‘unligi asosidagi ifoda imkoniyatlari asoslangan;
she’rlar zamiriga singdirilgan hikmatli so‘zlar, tamsil va iboralar, tarixiy ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy-ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tahlilga tortilib, har bir she’rdagi ramziy-istioraviy so‘z va iboralarning majoziy, irfoniy va falsafiy mazmuni nasriy bayondan ajratilmagan holda, Navoiy ijodiy niyati, so‘z muddaosi bilan bog‘liq holda badiiy tahlil mezonlari asosida ochib berilgan;
muayyan maqsad, ijodiy reja, ijtimoiy hayotga faol munosabat, tarixni zamon bilan bog‘lash, hayotiy tajribaning hikmatga aylanib borishi kabi belgilar she’rlarning asosiy xususiyati ekanligining dalillari keltirilib, Navoiyning ijtimoiy dunyoqarashidagi jamiyat va inson munosabati talqini masalalari yangi yondashuvlar asosida aniqlangan, shoirning ijtimoiy-axloqiy qarashlarining nasriy asarlar tarkibidagi nazmiy parchalarga o‘ziga xos til va nutq tadbirkorligi asosida joylashtirish mahorati badiiy kuchining darajasi tahlillar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy nasriy asarlaridagi she’rlarning janr tarkibi, mavzu doirasi va badiiy xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Mahbub ul-qulub” asarlarida qo‘llanilgan 106 ta “Bayt”, 11 ta “Nazm”, 79 ta “She’r” nomi bilan qo‘llagan 196 ta janri noma’lum she’rlarning janri aniqlanib, badiiy ko‘lami, mavzu va g‘oyalar mundarijasi, tasavvufiy mohiyati, shakl va vazn xususiyatlari aniqlangan o‘rin va xulosalardan Toshkent davlat Sarqshunoslik institutida 2018-2020-yillarda bajarilgan RZ-20170930393 – “Alisher Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi g‘azallarning o‘zbek va ingliz tillarida ilmiy izoh va sharhini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat sarqshunoslik institutining 2022-yil
7-fevraldagi 01-04-01/231-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy asarlari badiiy xususiyatlarining o‘rganilishidagi o‘ziga xos yondashuvlar takomillashtirilgan;
nasriy asarlarning mazmun-mohiyatiga ko‘ra, she’riy parchalarning asardagi joylashgan o‘rni va uning mavzuiy g‘oyaning yoritilish bilan bog‘liqligi, “Tarixi anbiyo va hukamo”da ko‘proq ibrat, “Tarixi muluki Ajam”da qudratli shohlar tarixi, “Holotlar”da ko‘proq ijodiy jarayon, muloqot, “Mahbub ul-qulub”da hikmat ma’nosida voqe bo‘lishi, she’r shakllarining qaysi janrda aks etishi, fikr bildirilishida janrning shakl va mazmun uyg‘unligi asosidagi ifoda imkoniyatlari asoslangan o‘rinlardan, chiqarilgan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan RZ-20170927147 – “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli monografiyani nashr etilishida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 1-dekabrdagi 04/1-3291-son ma’lumotnomasi). Natijada monografiya ilmiy-nazariy fikrlar hamda amaliy tahlil namunalari bilan boyitilgan;
she’rlar zamiriga singdirilgan hikmatli so‘zlar, tamsil va iboralar, tarixiy ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy-ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tahlilga tortilib, har bir she’rdagi ramziy-istioraviy so‘z va iboralarning majoziy, irfoniy va falsafiy mazmuni nasriy bayondan ajratilmagan holda, Navoiy ijodiy niyati, so‘z muddaosi bilan bog‘liq holda badiiy tahlil mezonlari asosida ochib berilgan fikr-mulohazalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan RZ-20170926459 – “Navoiyshunoslik tarixi” (XX – XXI asrlar) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda tadqiqotning ilmiy natijalaridan foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 2-dekabrdagi 14-3304-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy ijodi va nasriy asarlaridagi she’rlarning janr tarkibi, mavzu yo‘nalishlari bo‘yicha mavjud fikrlar yangi qarashlar bilan boyitilgan;
muayyan maqsad, ijodiy reja, ijtimoiy hayotga faol munosabat, tarixni zamon bilan bog‘lash, hayotiy tajribaning hikmatga aylanib borishi kabi belgilar she’rlarning asosiy xususiyati ekanligining dalillari keltirilib, Navoiyning ijtimoiy dunyoqarashidagi jamiyat va inson munosabati talqini masalalari yangi yondashuvlar asosida aniqlangan, shoirning ijtimoiy-axloqiy qarashlarining nasriy asarlar tarkibidagi nazmiy parchalarga o‘ziga xos til va nutq tadbirkorligi asosida joylashtirish mahorati badiiy kuchining darajasi tahlillar asosida ko‘rsatilgan o‘rinlardan O‘zbek Milliy Akademik teatrida 2021-yilning 17-dekabridan
23-dekabriga qadar o‘tkazilgan “Navoiy siymosi va asarlari sahnada” mavzusidagi respublika teatrlarining ko‘rik-festivali ssenariylarini yaratishda qo‘llanilgan (Madaniyat vazirligining 2022-yil 21-noyabrdagi 04-12-05-4885-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy shaxsi, hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi ma’lumotlar boyitilgan;
she’rlar zamiriga singdirilgan hikmatli so‘zlar, tamsil va iboralar, tarixiy ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy-ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tahlilga tortilib, har bir she’rdagi ramziy-istioraviy so‘z va iboralarning majoziy, irfoniy va falsafiy mazmuni yoritilgan o‘rinlar hamda xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” radiokanalining “Adabiyot gulshani” eshittirishi ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” radiokanalining 2022-yil 31-yanvardagi 758-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy-ommaviy teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning mavzuiy va mazmuniy mundarijasi kengaygan.