Pardayeva Gulmira Abdunazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalarini masofadan o‘qitish usullarini takomillashtirish: «Mobil ilovalarni yaratish» fani misolida», 13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika)»
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2740.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Zafar Ravshanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.01. raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayziyeva Mahbuba Rahimjanovna, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalarining o‘quv rejasida belgilangan «Mobil ilovalarni yaratish» fanini masofadan o‘qitish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalarini masofaviy o‘qitish mazmunini ijtimoiy-iqtisodiy, falsafiy, psixologik pedagogik loyihalash bosqichlarini aniqlash orqali talabani masofadan o‘qitish tizimli tahlil modeli ishlab chiqilgan;
Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalarini masofadan o‘qitish usullarini rivojlantirish jarayonining algoritmi prototip loyiha asosida takomillashtirilgan;
Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalarini masofaviy o‘qitishda masofaviy ta’lim texnologiyalari asosida yaratilgan mobillikni ta’millovchi «Mobil ilovalarni yaratish» (MIYA) intelektual o‘quv platformasi ishlab chiqilgan;
Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalarini masofaviy o‘qitish samaradorligini oshirish uchun «Blended learning» va «Flipped Classroom» texnologiyasi va «Lily flower» metodi orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiya doirasida Oliy ta’limda kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalari uchun «Mobil ilovalarni yaratish» fanining masofadan o‘qitish usulini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’limda masofaviy ta’lim sharoitida kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalarini masofadan o‘qitish faoliyatiga tayyorlashda «Blended learning» va «Flipped Classroom» texnologiyasi, «Lily flower» asosida o‘qitish metodikasi «Mobil ilovalarini ishlab chiqish» o‘quv qo‘llanmasida (№ 233-0795, 2022) o‘z ifodasini topgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 15-avgustdagi 02/01-01-25 son ma’lumotnomasi). Natijada kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalarini masofadan o‘qitish tizimining samaradorligi oshgan;
O‘zbekiston Milliy Universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining I-2016-4-15 raqamli «Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tadbiq etish (OTMlar misolida)» mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan. Mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar OTMlar uchun kutubxona resurslaridan foydalanishning mobil ilovalarini yaratish, foydalanuvchilarning autentifikatsiya qilish hamda elektron axborot-ta’lim resurslarini ishlab chiqish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
«Mobil ilovalarni yaratish» fanidan axborot-ta’lim resurslari, o‘quv jaryoniga moslashuvchi masofaviy ta’limni takomillashtirish texnologiyasiga oid takliflari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan «Mobil ilovalarini ishlab chiqish» nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida o‘z aksini topgan (№ 233-0795). Mazkur o‘quv qo‘llanma «Mobil ilovalarni yaratish», «Mobil ilovalarini ishlab chiqish» fanlarini o‘qitishda asosiy adabiyot sifatida oliy ta’lim tizimida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, zamonaviy mobil ilovalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 15-avgustdagi 02/01-01-25 son ma’lumotnomasi.
Masofadan o‘qitish sharoitida kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalarini masofadan o‘qitish faoliyatiga tayyorlashda «Blended learning» va «Flipped Classroom», «Lily flower» usullarini qo‘llashga doir ishlanmalardan, o‘qitish metodikasidan foydalanilgan.
Tadqiqot ishi natijalaridan foydalanish 5330500 – Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalarining «Mobil ilovalarni yaratish» fanidan kommunikativ kompetensiyalarini rivojlanishiga olib keldi.