Sattorova Maxliyo Dilmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘spirinlarda sotsial tolerantlik shakllanishi mezonlari diagnostikasi va psixokerrsiyasi», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya.Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P219.
Ilmiy rahbar: Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamitdinova, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ruziyev Axror Evatovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘spirinlarda sotsial tolerantlik mezonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hamda uni rivojlantirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 o‘spirinlarda sotsial tolerantlikni shakllanishida muloqotdagi o’zaro bir-biriga moslasha olish, o’zaro indefikatsiyaning differensial namoyon bo’lishi tufayli kommunikativ tolerantlikning rivojlanganligi muhim mezon ekanligi dalilangan;
o’spirinlarda sotsial tolerantlikning rivojlanishi xotira va xayol tasavvurlarining muloqotda o’zgalarni hissiy qabul qilish jarayonida o’zaro uyg‘unlashuvi sababli, shaxs ijodkorligining shakllanishiga to’g‘ri proporsional ekanligi dalilangan;
o’spirinlardagi sotsial tolerantlikni shakllanishi mezonlarini differensiatsiyalash natijasida empatiyaviy yo’nalganlikning shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy adolat xususiyatlariga integratsiyasi tufayli axloqning hissiy-kognitiv komponenti tolerantlikning namoyon bo’lishida ustuvor harakterga ega ekanligini asoslangan;
shaxsdagi sotsial tolerantlik shakllantirishda sotsial tolerantlik, affilyasiya motivlarini refleksiv jihatdan rivojlantirish muhimligiga ko’ra «O’spirinlarda ijtimoiy sotsial tolerantlikni tarkib toptirish» modeliga «etnik identifikatsiyalash» komponentini kiritish samarali ekanligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot o‘spirinlarda sotsial tolerantlik shakllanishi mezonlari diagnostikasi va psixokorreksiyasiga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
o‘spirinlarda sotsial tolerantlikni shakllanishida muloqotdagi o’zaro bir-biriga moslasha olish, o’zaro indefikatsiyaning differensial namoyon bo’lishi tufayli sotsial, kommunikativ tolerantlikni rivojlantirish yuzasidan ishlab takliflardan. Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 26 dekabrdagi  PM-17-son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 26 dekabrdagi PM-17-son ma’lumotnomasi). Natijada akademik lisey o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasasi talabalarining sotsial tolerantlik xususiyatlarini namoyon etishdagi amaliy bilim, ko‘nikma hamda malakalari rivojlanishiga erishilgan;
o’spirinlarda sotsial tolerantlikning rivojlanishi xotira va xayol tasavvurlarining muloqotda o’zgalarni hissiy qabul qilish jarayonida o’zaro uyg‘unlashuvi sababli, shaxs ijodkorligining shakllanishiga to’g‘ri proporsionalligi negizida, kabi omillar ustuvor xarakterga ega ekanligini asoslashga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 26 dekabrdagi  PM-17-son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi, «Differensial psixologiya», «Rivojlanish psixologiyasi», «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 26 dekabrdagi PM-17-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchi, amaliyotchi psixologlarning xalq ta’limi xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga oid bilimlarini yanada boyitishga zamin yaratilgan;
o’spirinlardagi sotsial tolerantlikni shakllanishi mezonlarini differensiatsiyalash natijasida empatiyaviy yo’nalganlikning shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy adolat xususiyatlariga integratsiyasi tufayli axloqning hissiy-kognitiv komponenti tolerantlikning namoyon bo’lishida ustuvor harakterga ega ekanligiga doir hamda shaxsdagi sotsial tolerantlik shakllantirishda sotsial tolerantlik, affilyasiya motivlarini refleksiv jihatdan rivojlantirish muhimligiga ko’ra «O’spirinlarda ijtimoiy sotsial tolerantlikni tarkib toptirish» modeliga «etnik identifikatsiyalash» komponentini kiritish samaradorligi bo‘yicha xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 26 dekabrdagi PM-17-son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya», «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 26 dekabrdagi PM-17-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsdagi sotsial tolerantlik shakllantirishda sotsial tolerantlik, affilyasiya motivlarini refleksiv jihatdan rivojlantirishga shuningdek, etnik identifikatsiyani takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish