Elmuratova Shoxista Ablakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston uy-muzeylarining tarixiy rivojlanishi va madaniy hayotda tutgan o‘rni (Toshkent viloyati va Toshkent shahri misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1054. 
Ilmiy rahbar: Hojiakbar Hamidov. tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Bobojonova Dilorom, tarix fanlari doktori, professor; Tursunov Ravshan, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda uy-muzeylarining shakllanishi va rivojlanish tarixi hamda ularning madaniy hayot taraqqiyotidagi o‘rni, ahamiyatini Toshkent viloyati va Toshkent shahri uy-muzeylari faoliyati” misolida asoslab berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda uy-muzeylarning tashkil etilishi va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlari hamda me’yoriy hujjatlarning uy-muzeylar rivojida asosiy omil ekanligi ochib berilgan;
uy-muzeylar faoliyati bilan bog‘liq 1 ta qonun, 2 ta farmon, 13 ta qaror qabul qilinganligi aniqlanib, uy-muzeylar faoliyatini yanada kengaytirishda uy-muzeylarga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish zarurligi aniqlangan;
homiylik asosida tashkil etilgan Kim Pen Xva hamda Tursunoy Oxunova xotira muzeylarining mavqeini ular tomonidan hayotlik davrida yaratilgan qalamtasvir suratlar, oilaviy fotosuratlar, turli xat va yozishmalar, shaxsiy kundalik daftarlar va boshqa ko‘plab arxiv hujjatlar saqlanayotganligi hamda ikki karra mehnat qahramonlari yoshlarga ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berishda namuna sifatida bo‘lishi hamda ularni ham yashagan uylarida muzey tashkil qilish zarurligi ko‘rsatib berilgan;
O‘zbekiston tarixida 1974 yilda Sharof Rashidov tashabbusi bilan birinchi bor Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida davlat arbobi Usmon Yusupov uy-muzeyi tashkil etilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda uy-muzeylar faoliyatining shakllanish va rivojlanish tarixi, ularning madaniy hayotimizdagi ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
mustaqillik davrida uy-muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirishda me’yoriy-huquqiy hujjatlarning roli, ularning muhim omillari va xususiyatlari, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi mashhur davlat, adabiyot, madaniyat namoyondalari uy-muzeylarining tarixi, faoliyatining muhim yo‘nalishlariga oid xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun o‘tkazilgan “Milliy davlatchiligimizning tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularni tarbiyalashda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari” mavzusidagi tadbirda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 15 fevraldagi 02.02.204-son ma’lumotnomasi). Natijada targ‘ibot tadbiri davomida ishtirokchilarning, ayniqsa yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi yanada kengayishiga xizmat qilgan;
Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi mashhur davlat, adabiyot, madaniyat namoyondalari uy-muzeylarining tarixi, faoliyatining muhim yo‘nalishlari, O‘zbekistonda uy-muzeylar faoliyatini rivojlantirishda ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanishning zarurati hamda jamiyat tafakkurida madaniyatimiz tarixiga oid dunyoqarashni yanada yuksaltirishda uy-muzeylarining ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlariga oid qonun, farmon, qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2022 yil 16 fevralda o‘tkazilgan “Mustaqillik yillarida uy-muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish borasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar dasturini tayyorlash va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 04-12-08-532-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkazilgan seminarning sermazmun bo‘lishi va ishtirokchilarda ijobiy taassurot qolishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston tarixida Kim Pen Xva hamda Tursunoy Oxunova xotira muzeylarining tashkil etilishi ilmiy natijalari asosida O‘zbekistonda uy-muzeylar faoliyatini rivojlantirishda ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanishning zarurati hamda jamiyat tafakkurida madaniyatimiz tarixiga oid dunyoqarashni yanada yuksaltirishda uy-muzeylarining ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlariga oid nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi tomonidan 2022 yil 15 fevralda o‘tkazilgan “Toshkent viloyati va Toshkent shahri uy-muzeylarining jihozlanishi jarayonlarida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish masalalari” mavzusidagi seminar dasturini tayyorlash va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining 2022 yil 15 fevraldagi 01-01-368-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkazilgan seminar ishtirokchilarda ijobiy ko‘nikmalarning shakllanishiga xizmat qilgan;
Respublika rahbari Sharof Rashidov tashabbusi bilan Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida davlat arbobi Usmon Yusupov uy-muzeyining tashkil etilishi hamda uning tarixiy ahamiyati, o‘ziga xos xususiyatlariga oid tahliliy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi stenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 4 martdagi 04-12-08-532-son ma’lumotnomasi). Natijada “Taqdimot” ko‘rsatuvining mazmunli va tomoshabop bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish