Musaev Abish Abilkazievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog`i nomi): “Kauzativ konstruksiyalarining kognitiv va lingvopragmatik tahlili (ingliz va qoraqalpoq tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1823.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim; Davlatova Muxayyo Xasanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillarida kauzativ tuzilmalarning shakllanishida til birliklarining ishtirokini funksional-semantik, kognitiv hamda pragmatik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilida kauzativ tuzilmani hosil qiluvchi lisoniy birliklar semantik faollashuvga ta’sir etuvchi argumentning (ega, to‘ldiruvchi) sintaktik munosabatlari tuzilmalarning asosini tashkil qilishi isbotlangan;
qoraqalpoq tilida kauzativ tuzilmalarni shakllantiruvchi lisoniy birliklar qatori belgilanib, ushbu tuzilmalar bo‘laklari sintaktik munosabatlari asosini -t, -tır, -tir, -dır, -dir, -ır, -ir, -qız, -kiz, -gʼız qo‘shimchalari va májbúrlew/ májbúr etiw, buyırıw/ buyrıq etiw/ buyrıq beriw kabi leksik-grammatik vositalar tashkil qilishi dalillangan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi kauzativ tuzilma tarkibidagi birliklarning insonning emotsional vaziyati, muloqotda ishtirok etadigan shaxslarning kognitiv faoliyati bilan aloqador funksional ifodasi tasnifi ishlab chiqilgan;
qiyoslanayotgan tillarda get Obj+P II, have Obj+P II, make Obj+P II, B + T + F (-ǵa, -ge) + májbúrlew/ májbúr etiw, B + T + F (-dı, di, -ın, -in) + soranıw/ótiniw kabi kauzativ tuzilmalarning lingvokognitiv mohiyati, ruhiy, mexanik hodisalar, sub’ektdagi sifatiy o‘zgarishlar kabi lingvomadaniy maqomi va kauzativ ma’noli fe’llarning pragmatik qo‘llanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillarida kauzativ konstruksiyalarning kognitiv va lingvopragmatik tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
ingliz tilida kauzativ tuzilmani hosil qiluvchi lisoniy birliklar semantic faollashuvga ta’sir etuvchi argumentning (ega, to‘ldiruvchi) sintaktik munosabatlari tuzilmalarning asosini tashkil qilishi borasidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 2089/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, lisoniy birliklar tanlovining virtual rusurslarni yaratishdagi vazifalari shakllantirilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi kauzativ tuzilma tarkibidagi birliklarning insonning emotsional vaziyati, muloqotda ishtirok etadigan shaxslarning kognitiv faoliyati bilan aloqador funksional ifodasi tasnifi mezonlari natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Yevropa Ittifoqining Erasmus + dasturi doirasida amalga oshirilgan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 2090/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy tuzilmalarning funksional tasnifi mezonlari ta’lim tizimi jarayonlariga singdirilgan;
qoraqalpoq tilida kauzativ tuzilmalarni shakllantiruvchi lisoniy birliklar qatori belgilangan hamda ushbu tuzilmalar bo‘laklari sintaktik munosabatlari asosini -t, -tır, -tir, -dır, -dir, -ır, -ir, -qız, -kiz, -gʼız qo‘shimchalari va májbúrlew/ májbúr etiw, buyırıw/ buyrıq etiw/ buyrıq beriw kabi leksik-grammatik vositalar tahlilidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan “PZ-20170930309 Qoraqalpoq folklori tilining adabiy til rivojiga ta’siri masalasi” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 2 avgustdagi 01-21-04/1781-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq tilidagi kauzativ tuzilmalarning lingvomadaniy maqomi va lingvokognitiv mohiyati folklor matnida aks topishi darajani aniqlashga erishilgan;
qiyoslanayotgan tillarida get Obj+P II, have Obj+P II, make Obj+P II, B + T + F (-ǵa, -ge) + májbúrlew/ májbúr etiw, B + T + F (-dı, di, -ın, -in) + soranıw/ótiniw kabi kauzativ tuzilmalarning lingvokognitiv mohiyati, ruhiy, mexanik hodisalar, sub’ektdagi sifatiy o‘zgarishlar kabi lingvomadaniy maqomi va kauzativ ma’noli fe’llarning pragmatik qo‘llanishi borasidagi masalalar Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Musiqiy dam olish dasturlari” bosh muharririyati tomonidan tayyorlanadigan “Bilimlendiriw hám reforma”, “Jańa áwlad” eshittirishlari scenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022 yil 14 iyundagi 0522/327-son ma’lumotnomasi). Natijada, olib borilgan eshittirishlar mazmunan boyigan.