Allambergenova Nigora Gulmurzayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi “nutq” ma’noli frazemalar”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil1788.
Ilmiy rahbar: Xudayarova Muxabbat Tajimuratovna, filologiya fanlari nomzodi, docent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdigofur Eshonkulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bekbergenov Qidirbay Ayjariqovich, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi “nutq” ma’noli frazemalarning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘xshash jihatlarini ochib berish, tillarning mental xususiyatlariga xos frazemalarning grammatik va semantik, lingvokulturologik tavsifini amalga oshirish asoslarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va qoraqalpoq tilshunosliklarida “nutq” ma’noli frazemalar tarkibidagi frazosememalar umumiy sema asosida ma’no jihatdan ajratilib, ularning bir-birlaridan denotativ va konnotativ semalariga ko‘ra farqli jihatlari dalillangan;
“nutq” ma’noli frazemalarning qarindosh tillar orasidagi umumiy va farqli leksik-semantik xususiyatlari, frazosemema tarkibidagi semalarning integral va differensial munosabatlari, allofrazemalarning hosil bo‘lish usullari va frazeologik sinonimiya hodisalarining xalq mental xususiyatlariga bog‘liq paydo bo‘lish yo‘llari aniqlangan;
“nutq” ma’noli frazemalarning komponentlari orasidagi tayanch va notayanch a’zolarining o‘zaro semantik munosabatlari asosida ularning qurilish modellari aniqlanib, frazemalarning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari asoslab berilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi “nutq” ma’noli frazemalarning adiblar matnning obrazliligini, ta’sirchanligini, emotsionalligini ta’minlash uchun xalq mentalitetiga xos frazemalarni qo‘llash, komponentlari trasformatsiyasi vositasida matndagi konnotatsiyani yanada kuchaytira olish mahorati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va qoraqalpoq tilidagi “nutq” ma’noli frazemalarning lingvistik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va qoraqalpoq tilshunosliklarida “nutq” ma’noli frazemalar tarkibidagi frazosememalar umumiy sema asosida ma’no guruhlariga ajratilishi, ularning bir-birlaridan denotativ va konnotativ semalariga ko‘ra farqli jihatlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan F3-2016-09081165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 6-maydagi 114-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki tilga xos frazemalar ma’nolari, tuzilishi, qo‘llanilishidagi o‘xshash va farqli tomonlar aniqlanganligi asnosida tadqiqotning yangi ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
“nutq” ma’noli frazemalarning qarindosh tillar orasidagi umumiy va farqli leksik-semantik xususiyatlari, frazosemema tarkibidagi semalarning integral va differensial munosabatlari, allofrazemalarning hosil bo‘lish usullari va frazeologik sinonimiya hodisalarining xalq mental xususiyatlariga bog‘liq paydo bo‘lish yo‘llari to‘g‘risidagi nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Til – ma’naviyat ko‘zgusi”, “Til gulshani” nomli eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda hamda FM-100.4 radiosining “Tilga e’tibor – elga e’tibor” eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022-yil 5-maydagi 05-22/247-son ma’lumotnomasi). Natijada frazemalarning tilimizda tutgan o‘rnini, milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishga, keng jamoatchilikning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirishga erishilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi “nutq” ma’noli frazemalarning adiblar matnning obrazliligini, ta’sirchanligini, emotsionalligini ta’minlash uchun xalq mentalitetiga xos frazemalarni qo‘llash, komponentlari trasformatsiyasi vositasida matndagi konnotatsiyani yanada kuchaytira olish haqidagi ahamiyatli nazariy xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlar malakasini oshirishda, turli to‘garak, seminar va mahorat darslari o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 28-apreldagi 48-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh adiblarning asarlarida frazemalardan xalqlarning milliy-madaniy xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘rinli foydalanish, ulardan ta’sirchan badiiy priyomlarni yaratishdagi mahorati takomillashtirilgan;
“nutq” ma’noli frazemalarning komponentlari orasidagi tayanch va notayanch a’zolarining o‘zaro semantik munosabatlari asosida ularning qurilish modellari, frazemalarning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari muallif tomonidan tuzilgan, lingvistik terminlarning orfografiyasiga bag‘ishlangan “O‘zbekcha–qoraqalpoqcha-qozoqcha-turkmancha-ruscha lingvistik terminlar lug‘ati” (Nukus DPI Ilmiy Kengashining 2021-yil 28-iyundagi 11-son qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. Nukus-2021) Respublikadagi o‘zbek va qoraqalpoq tillarini davlat tili sifatida o‘rganuvchilar tomonidan qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 5-maydagi 89-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning davlat tillari hisoblangan o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi terminlarni to‘g‘ri qo‘llash va izohlash malakalari oshgan, frazemalarning yozilishi, talaffuzi, ularning tarjimalarini o‘rganishi asnosida o‘quvchilarning orfografik va orfoepik me’yorlarini o‘zlashtirish, frazemalar ma’nolarini tushunish kompetensiyalari shakllangan, lug‘at boyligining o‘sishini ta’minlash uchun xizmat qilgan.