Tashmuxamedova Karima Samatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion rivojlanish sharoitida qurilish materiallari sanoati raqobatbardoshlik salohiyatining oshishi”, 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1567.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Saodat Arslanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida qurilish materiallari sanoati korxonalarining raqobatbardoshlik salohiyatini oshirishni ta’minlash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining raqobatbardoshlik salohiyatini oshirish modeli tarkibiga korxona ishchi-xodimlari va rahbarlarining ilmiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirish (shakllantirish) omilini kiritish orqali takomillashtirilgan;
qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarining raqobatbardoshlik salohiyatini rivojlantirishning istiqbolli klaster yo‘nalishlari asoslangan holda ilmiy-ishlab chiqarish klasterini shakllantirish taklif etilgan;
korxonalar raqobatbardoshlik salohiyatini strategik rivojlantirishning uch bosqichli (“qurilish materiallari korxonalarining miqdoriy ko‘rsatkichlarini yaxshilash”; “qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona raqobatbardoshlilik salohiyatini barqaror rivojlantirishni shakllantirish”; “innovatsion ishlab chiqarish usullariga ko‘ra korxonaning raqobatbardoshlilik salohiyatini barqaror rivojlantirish”) tizimi asoslangan;
qurilish va qurilish-ishlab chiqarish ishlarining real qiymatlariga ko‘ra innovatsion rivojlanish sharoitida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion rivojlanish sharoitida qurilish materiallari sanoatida raqobatbardoshlilik salohiyatini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining raqobatbardoshlik salohiyatini oshirish modeli korxona ishchi-xodimlari va rahbarlarining ilmiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirish (shakllantirish) omilini kiritish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan amaliyotiga joriy etilgan (Qurilish vazirligining 2022 yil 16 iyundagi 09-06/6898-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida inovatsion omillar imkoniyatlaridan maqsadli foydalanishga ko‘ra korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning raqobatbardoshlik salohiyatini rivojlantirishning istiqbolli klaster yo‘nalishlari va ilmiy-ishlab chiqarish klasterini shakllantirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qurilish vazirligining 2022 yil 16 iyundagi 09-06/6898-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif soha ishlab chiqarishini zamoanaviy shakllarda optimal tashkil qilish va korxonalar raqobatbardoshlilik salohiyatini 5%ga oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini yaratishga xizmat qilgan;
korxonalar raqobatbardoshlik salohiyatini strategik rivojlantirishning uch bosqichli (“qurilish materiallari korxonalarining miqdoriy ko‘rsatkichlarini yaxshilash”; “qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona raqobatbardoshlilik salohiyatini barqaror rivojlantirishni shakllantirish”; “innovatsion ishlab chiqarish usullariga ko‘ra korxonaning raqobatbardoshlilik salohiyatini barqaror rivojlantirish”) tizimi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Qurilish vazirligining 2022 yil 16 iyundagi 09-06/6898-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mazkur strategiya asosida korxona menejmentini takomillashtirish ishlab chiqarishdagi bir birlik sarf-xarajatlardan olinadigan samaradan 0,14 marta ko‘p samara olinishiga imkon yaratgan;
innovatsion rivojlanish sharoitida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan “Qurilish-ishlab chiqarish ishlarini 2022-2026 yillarda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qurilish vazirligining 2022 yil 16 iyundagi 09-06/6898-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar istiqbolda bajariladigan qurilish ishlari va qurilish materiallari real qiymatlari o‘rtasidagi aloqadorlik asosida amalga oshirladigan xizmatlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan.