Mannapova Ra’no Abrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy ovqatlanish korxonalarida boshqaruv hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari).
Ilmiy rahbar: Kasimova Nargiza Sabitdjanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning umumiy ovqatlanish korxonalarida boshqaruv hisobini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
foydalanilmagan resurslar uchun qilingan xarajatlarni hisobga olish va ularni taqsimlash maqsadida 2210–«Foydalanilmagan resurslar uchun xarajatlar» ishchi schyotini kiritish taklif etilgan;
taomlar birligi uchun xarajatlar hisobini 2010 schyot tarkibida alohida ishchi schyotlar ochish asosida yuritish zarurligi asoslangan;
umumiy ovqatlanish korxonalari hisob siyosatida sotilishi kutiladigan tovar-moddiy zahiralarni sof sotish qiymati bo‘yicha buyurtmalar kesimida baholash hamda moliyaviy hisobotlarda aks ettirish asoslangan;
umumiy ovqatlanish korxonalarida xarajatlarni byudjetlashtirishda javobgarlik markazlari orqali axborotlarni shakllantirish hamda xarajatlarni taqsimlashga moslashtirilgan 2410-«Byudjetlashtirilgan ishlab chiqarish xarajatlari» hamda 2420-«Byudjetlashtirilgan sotish xarajatlari» ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida boshqaruv hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
foydalanilmagan resurslar uchun qilingan xarajatlarni hisobga olish va ularni taqsimlash maqsadida 2210–«Foydalanilmagan resurslar uchun xarajatlar» ishchi tranzit schyotini ochish taklifi hamda 2210 schyotini amaliy qo‘llash bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining «Hisob siyosati»ga va O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining «Hisob siyosati»ga o‘zgartirishlar kiritishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 04-18/6117–son va O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining 2022 yil 28 sentyabrdagi 103-son ma’lumotnomalari). Natijada umumiy ovqatlanish korxonalarida foydalanilmagan resurslar hamda sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar (taomlar) uchun qilingan xarajatlarni samarali taqsimlash maqsadida ishchi tranzit schyotini amaliy qo‘llash natijasida foydalanilmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan hamda sotilmagan mahsulotlar (taomlar) uchun sarflangan xarajatlarni taqsimlash uslubiy jihatdan takomillashgan;
taomlar birligi uchun xarajatlarni kal`kulyasiya qilishning me’yoriy usulida maxsulot tannarhini shakllantirish va ular hisobini 2010 schyot tarkibida alohida ishchi schyotlar ochish asosida yuritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining «Hisob siyosati»ga va O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining «Hisob siyosati»ga o‘zgartirishlar kiritishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining2022 yil 24 oktyabrdagi 04-18/6117–son va O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining 2022 yil 28 sentyabrdagi 103-son ma’lumotnomalari). Natijada, umumiy ovqatlanish korxonalarida taomlar birligi uchun xarajatlarni kal`kulyasiya qilishning me’yoriy usuli qo‘llanilganda ortiqcha xarajatlarning oldi olindi hamda me’yordan chetlanishlar hisobini yuritish takomillashtirilgan;
umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar-moddiy zaxiralarni sotishning sof qiymatida baholash va moliyaviy hisobotlarda aks ettirishga oid ilmiy tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining «Hisob siyosati»ga va O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining «Hisob siyosati»ga o‘zgartirishlar kiritishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari» darsligida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i). Buning natijasida, umumiy ovqatlanish korxonalarida boshqaruv hisobi maqsadlari uchun zaxiralar hisobini yuritishda sof sotish qiymati bo‘yicha hisob yuritish, zaxiralar uchun sarflangan xarajatlarni to‘liq qoplash hamda zaxiralar narxi tannarxdan oshib ketmaslik imkoniyati yaratilgan;
umumiy ovqatlanish korxonalarida xarajatlarni byudjetlashtirishda javbogarlik markazlari orqali axborotlarni shakllantirish hamda xarajatlarni taqsimlashga moslashtirilgan 2410-«Byudjetlashtirilgan ishlab chiqarish xarajatlari» hamda 2420-«Byudjetlashtirilgan sotish xarajatlari» ishchi schyotlarini kiritish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tizimidagi korxonalar «Hisob siyosati»ga va O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining «Hisob siyosati»ga o‘zgartirishlar kiritishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 04-18/6117–son va O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining 2022 yil 28 sentyabrdagi 103-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida umumiy ovqatlanish korxonalarida xarajatlarni byudjetlashtirish orqali mahsulot birliklari tannarxiga kiritilmaydigan xizmat ko‘rsatish hamda sotish xarajatlarini hisobga olish, ularni taqsimlash takomillashtirilgan.