Idirisov Alisher Otajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq ma’muriyatchiligi tizimida soliq nazoratini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1303.
Ilmiy rahbar: Urmonov Jaxongir Jaloldinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Xayrulla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq ma’muriyatchiligi tizimida soliq nazoratini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek samarali va ta’sirchan soliq nazoratini olib borish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “soliq nazorati” tushunchasi vakolatli organlarning soliq to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati jihatidan takomillashtirilgan;
kameral soliq tekshiruvi yakunida hisobotlarda tafovut va (yoki) xatolik aniqlangan holatlarda soliq organi tomonidan hisobotlarga tuzatish kiritish bo‘yicha talabnoma yuborish, tekshiruvning yakunlanishi yuzasidan yagona sanani belgilash hamda soliq tekshiruvi muddatini umumiy hisobda 120 kundan 60 kungacha qisqartirish orqali kameral soliq tekshiruvini takomillashtirish taklifi asoslangan; 
sayyor soliq tekshiruvida hisobga olish hujjatlari va soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotlar tahlildan o‘tkazilishi, profilaktik tadbirlar va xronometraj kuzatuvlarini 7 kalendar kundan kam bo‘lmagan muddatda olib borishi hamda soliq nazoratining turli xil tadbirlari o‘tkazilishini joriy etish orqali soliq nazoratining samaradorligini ta’minlash taklifi asoslangan; 
soliq auditi boshlanishiga qadar kamida 30 kalendar kun oldin soliq to‘lovchiga bu haqida xabar berilishi va unda auditni o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlar ko‘rsatilishi, soliq auditi o‘tkazilayotganda tekshirilayotgan davr hisobotlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish mumkin emasligi me’yorlarini kiritish orqali soliq nazoratini takomillashtirish asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq ma’muriyatchiligi tizimida soliq nazoratini takomillashtirish mavzusida olib borilgan tadqiqot bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
soliq nazorati tushunchasiga “Vakolatli organlarning soliq to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir” deb ta’rif berish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha berilgan takliflar Soliq kodeksining 135-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 24 martdagi 06/04-01-01-37/698-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalar soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalarni huquqiy jihatdan yanada mustahkamlash imkonini yaratgan;
kameral soliq tekshiruvi yakunida soliq to‘lovchi yuborgan soliq hisobotida tafovut va (yoki) xatoliklar aniqlansa, soliq organi hisobotlarga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuborishi, shuningdek talabnoma jo‘natilgan sana tekshiruv yakunlangan sana hisoblanishi, agarda o‘rganish yoki tahlil qilish yakuniga asosan tafovut va (yoki) xatolar aniqlanmasa ham tekshiruv yakunlangan deb hisoblanishi yuzasidan berilgan takliflar Soliq kodeksining 138-moddasida nazarda tutilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 24 martdagi 06/04-01-01-37/698-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar kameral soliq tekshiruvining huquqiy asoslarini mustahkamlash imkonini yaratgan;
sayyor soliq tekshiruvi paytida hisobga olish hujjatlari, tovar-moddiy qiymatliklari hamda pul mablag‘lari harakati, shuningdek soliq to‘lovchi faoliyati bilan bog‘liqlikdagi boshqa axborotlarning tahlili o‘tkazilishi, shuningdek tekshiruv jarayonida soliq idoralari profilaktik tadbirlar va xronometraj kuzatuvlari olib borishga, nazorat-kassa texnikalari va to‘lov terminali ishlatilishini tekshirishga, shuningdek soliq nazoratining turli boshqa tadbirlarini o‘tkazish vakolatiga ega ekanligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Soliq kodeksining 139-moddasida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 24 martdagi 06/04-01-01-37/698-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar tekshiruv jarayonlarida soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqlari va qonuniy vakolatlarini aniq belgilash imkonini yaratgan;
soliq auditi boshlanishigacha kamida 30 kalendar kun avval soliq to‘lovchiga bu to‘g‘risida xabarnoma yuborishi, unda audit boshlanish kuni, tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan masalalar ro‘yxati, zarur bo‘lgan hujjatlarning birlamchi ro‘yxati, shuningdek audit tekshiruvini o‘tkazish yuzasidan zaruriy boshqa ma’lumotlar aks etishi lozimligi, shu bilan bir qatorda audit o‘tkazilayotganda tekshirilayotgan davr hisobotlariga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Soliq kodeksining 140-moddasida nazarda tutilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 24 martdagi 06/04-01-01-37/698-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar tadbirkorlik subyektlarining tekshiruvga qadar o‘zlari yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini mustaqil tuzatishlariga, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli xil moliyaviy va boshqa sanksiyalarning oldini olishga xizmat qilibgina qolmasdan, balki o‘tkazilayotgan tekshiruvlarning, avvalombor jazolash maqsadlariga emas, balki soliq to‘lovchilarning xatoliklarini tuzatishlariga imkoniyat yaratib berishga qaratilib, soliq auditi o‘tkazilayotganda tekshirilayotgan davr hisobotlariga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar tekshiruv jarayonlaridagi turli xil anglashmovchiliklarning oldini olishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish