Nazarov Sunnatulla Amirilloyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda soliq tekshiruvlarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2441.
Ilmiy rahbar: Isayev Faxriddin Ikromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxliyev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusiyarov Sherzod Xolmurotovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda soliq tekshiruvlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sayyor soliq tekshiruvi” tushunchasining mazmuni hisobga olish hujjatlari, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakati, shuningdek, soliq to‘lovchi faoliyati bilan bog‘liq boshqa axborotning tahlili o‘tkaziluvchi qonuniy jarayon sifatida aniqlashtirilgan yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan; 
kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladigan xulosa mazmuni tekshiruv tashabbusi uchun asos sifatida xizmat qilgan ma’lumotlar hamda soliq to‘lovchi yoki uchinchi shaxslardan talab qilib olingan axborotni (hujjatlarni) o‘rganish va tahlil qilish natijalarining ham ko‘rsatilishiga oid me’yorlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishda aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi soliq to‘lovchiga qarashli bo‘lmagan, biroq buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulk hamda biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulkni inventarizatsiya qilish zarurligiga oid me’yorni kiritish orqali takomillashtirilgan;
soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida undirilgan soliq, penya va moliyaviy jarimalar summalarining 60 foizini davlat byudjetiga, 40 foizini Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga yo‘naltirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda soliq tekshiruvlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sayyor soliq tekshiruvi” tushunchasining mazmuni hisobga olish hujjatlari, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakati, shuningdek, soliq to‘lovchi faoliyati bilan bog‘liq boshqa axborotning tahlili o‘tkaziluvchi qonuniy jarayon sifatida aniqlashtirilgan yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan ta’rif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 2-ilovasi “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 3 noyabrdagi 15-142966-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida sayyor soliq tekshiruvi tushunchasiga mukammal ta’rif shakllantirilgan va qonunchilikdagi normativ-huquqiy xujjatlar takomillashuviga xizmat qilgan;
kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladigan xulosa mazmuni tekshiruv tashabbusi uchun asos sifaktida xizmat qilgan ma’lumotlar hamda soliq to‘lovchidan yoki uchinchi shaxslardan talab qilib olingan axborotni (hujjatlarni) o‘rganish va tahlil qilish natijalari ham ko‘rsatilishiga oid me’yorlarni kiritish orqali takomillashtirish taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 2-ilovasi “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 3 noyabrdagi 15-142966-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha xulosa shakllanishi bilan bog‘liq tartib tamoyilga asos bo‘lgan;
sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishda aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi soliq to‘lovchiga qarashli bo‘lmagan, biroq buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulk hamda biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulkni inventarizatsiya qilinishi zarurligiga oid me’yorni kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 2-ilovasi “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 3 noyabrdagi 15-142966-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida amalga oshirilgan inventarizatsiya natijasi mavjud soliq bazasi kengayishiga olib kelib, sayyor soliq tekshiruvining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida undirilgan soliq, penya va moliyaviy jarimalar summalarining 60 foizini davlat byudjetiga, 40 foizini Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 2-ilovasi “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”da o‘z aksini topgan va boshqa me’yoriy hujjatlarga moslashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 3 noyabrdagi 15-142966-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik amaliyotga joriy etilishi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi shakllanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish