Yakubova Samira Sabitdjanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tizimini moliyalashtirishni takomillashtirish», 08.00.07 - «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt1119.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.I.23.01. 
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Dilshod Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusinov Baxodir Sheralievichlar, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tizimini moliyalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim sohasini moliyalashtirishda bir nafar tarbiyalanuvchiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi yuqori va quyi chegaraviy ko‘rsatkichlarini belgilash taklif etilgan;
davlat-xususiy sheriklik mexanizmi doirasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning xududiy dasturlaridagi muassasalarga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirishda moliya-kredit mexanizmining tabaqalashtirilgan tizimini joriy qilish asoslangan;
hududlardagi maktabgacha ta’lim sohasiga nodavlat sektorni yanada kengroq jalb qilish maqsadida xususiy sherikning daromadlar darajasini oshirish uchun kompensatsiyalash zarurligi ilmiy asoslangan; 
maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat-xususiy sheriklik asosidagi shartnomaviy munosabatlarda «BOLT» va «ROO» modellarini joriy etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat-xususiy sheriklik asosida mpktabgacha ta’lim tizimini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
maktabgacha ta’lim sohasini moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanishda bir nafar maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan mablag‘larning yuqori va quyi chegaraviy miqdorlarini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son «Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil        2 dekabrdagi 06/04-02-32/2552-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, olis joylashgan va qamrov darajasi past bo‘lgan 53 ta tumanlarda 2000 ta oilaviy shakldagi va 100 ta davlat-xususiy sherikligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan;
davlat-xususiy sheriklik mexanizmi doirasida investision va ijtimoiy majburiyatlar ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’limni rivojlantirishning xududiy dasturlarini shakllantirish va ushbu dasturlarda mazkur muassasalarga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirishning moliya-kredit (soliq, investisiya, kredit) mexanizmiga asoslangan tabaqalashtirilgan tizimini tatbiq etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 oktyabrdagi PQ-4864-son «O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil          2 dekabrdagi 06/04-02-32/2552-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021 yil          1 iyuldan boshlab, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy holatini yaxshilash hamda moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilgan elektr va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan oylik kompensatsiyalar to‘lanishiga erishilgan;
hududlardagi maktabgacha ta’lim sohasiga nodavlat sektorni yanada kengroq jalb qilish maqsadida xususiy sektorning daromadlar darajasini oshirish uchun kompensatsiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son «Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 2 dekabrdagi 06/04-02-32/2552-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, davlat tomonidan xususiy sektorning daromadlar darajasini oshirish maqsadida ularga 10 yilgacha soliq to‘lovlaridan ozod qilinishi, ish haki fondidan yagona ijtimoiy to‘lovga faqat 5 foiz miqdorida to‘lov qilinishi, xorijdan olib kelinadigan o‘quv anjomlari uchun boj to‘lovlari to‘lamaslik, ayrim xodimlarinig ish haqi hamda bir tarbiyalanuvchiga sarflanadigan xarajatlarni bir qismini davlat byudjetidan subsidiyasi tariqasida qoplab berilishi kabi imtiyozlar belgilangan;
maktabgacha ta’lim muassasalariga davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan kreditlar samaradorligi bevosita bino va inshootlar, ulardan foydalanish tizimidagi shartnomaviy munosabatlarda "BOLT" va ''ROO" modellarini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son «Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 2 dekabrdagi 06/04-02-32/2552-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim muassasalariga davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan kreditlar samaradorligini aniqlash va ushbu kreditlarda yuzaga keladigan shartnomaviy munosabatlarni samarali tartibga solishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish