Kalimbetov Jannazar Kurbanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholi daromadlari tarkibiga jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar stavkalarining ta’sirini modellashtirish” (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida), 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1163.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Ilxom Obodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholi daromadlarini soliqlar vositasida tartibga solish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi daromadlarini oshirish va jismoniy shaxslarning o‘zini o‘zi band qilishini soliq dastaklari orqali rag‘batlantirish maqsadida aholining mazkur faoliyatlardan olgan daromadlarini soliq solinadigan daromadlar tarkibiga kiritmaslik taklifi asoslangan;
ijtimoiy yo‘nalishdagi soliq imtiyozlari tizimini joriy qilish va ipoteka kreditlar foiz stavkasini subsidiyalash mexanizmi samaradorligini kredit va foiz to‘lovlariga yo‘naltirilgan daromadlarga nisbatan soliq chegirmasini tatbiq qilish orqali oshirish taklifi asoslangan;
hududdagi ustuvor ahamiyatga ega faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan muddatli ozod qilish orqali mamlakat bo‘yicha aholi jon boshiga daromadning o‘rtacha ko‘rsatkichidagi keskin tafovutni pasaytirish taklif etilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi past bo‘lgan Taxtakupir, Bozatau va Shumanay tumanlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar daromadiga pasaytirilgan stavkada soliqqa tortishni tatbiq etish orqali jismoniy shaxslar daromadlari tarkibiga soliq stavkasining samarali ta’sirini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi daromadlari tarkibiga jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar stavkalarining ta’sirini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholi daromadlarini oshirish va jismoniy shaxslarning o‘zini o‘zi band qilishini soliq dastaklari orqali rag‘batlantirish maqsadida aholining mazkur faoliyatlardan olgan daromadlarini soliq solinadigan daromadlar tarkibiga kiritmaslik taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 369-modda birinchi qismining 7-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 18 noyabrdagi 15-151050-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 14 sentyabrdagi SI/11-09/3109-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi bandligi qo‘shimcha ravishda ta’minlash va ixtiyoridagi daromad miqdorini oshirish imkonini bergan;
ijtimoiy yo‘nalishdagi soliq imtiyozlari tizimini joriy qilish va ipoteka kreditlar foiz stavkasini subsidiyalash mexanizmi samaradorligini kredit va foiz to‘lovlariga yo‘naltirilgan daromadlarga nisbatan soliq chegirmasini tatbiq qilish orqali oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 378-modda 16-bandining to‘rtinchi xatboshida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 18 noyabrdagi 15-151050-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 14 sentyabrdagi SI/11-09/3109-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi daromadlari tarkibiga jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar stavkalarining ta’sirini modellashtirish orqali fiskal siyosat instrumentlari ijobiy ta’sirini oshirish imkoni yaratilgan;
hududdagi ustuvor ahamiyatga ega faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan muddatli ozod qilish orqali mamlakat bo‘yicha aholi jon boshiga daromadning o‘rtacha ko‘rsatkichidagi keskin tafovutni pasaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 483-modda oltinchi qism ikkinchi xatboshida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 18 noyabrdagi 15-151050-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 14 sentyabrdagi SI/11-09/3109-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga o‘rtacha daromad taxminan 0,3 foizga o‘sishiga olib kelgan;
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi past bo‘lgan Taxtakupir, Bozatau va Shumanay tumanlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar daromadiga pasaytirilgan stavkada soliqqa tortishni tatbiq etish orqali jismoniy shaxslar daromadlari tarkibiga soliq stavkasining samarali ta’sirini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 483-modda oltinchi qism uchinchi xatboshida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 18 noyabrdagi 15-151050-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ushbu hududlardagi jismoniy shaxslar ixtiyorida qoladigan daromad 1,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan.