Abduqaxxorov Sarvarbek Abdusamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida himoya huquqini ta’minlash”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Yu601.
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Baxtiyor Almaxmatovich, yuridik fanlar doktori, professor; Aliev Shuhrat Hasanovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishni sudga qadar yuritish bosqichida himoya huquqini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlarda, sud tomonidan dastlabki eshituv o‘tkazilayotgan ishlarda, shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganda, aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bilan bog‘liq holatlarda himoyachining ishtirok etishi shartligi asoslantirilgan;
shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganda hamda aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha himoyachidan voz kechishga yo‘l qo‘yilmasligi lozimligi asoslab berilgan;
himoyachining sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda ishtirok etish huquqini qonunchilikka kiritish zarurati asoslantirilgan;
tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablari asosida olinib, jinoyat-protsessual qonun normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchida jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud bo‘lganligidan dalolat bersagina, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkinligi asoslantirib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida himoya huquqini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlarda, sud tomonidan dastlabki eshituv o‘tkazilayotgan ishlarda, shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganda, aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha himoyachi ishtirok etishi shartligini belgilashga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-675-sonli Qonunining 2-modda
1-qismi 5-bandining 2,3,4,5-xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 06/1-11/1101-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif jinoyat-protsessual faoliyatda ish yuritishni taraflarning o‘zaro tengligi va tortishuvi asosida amalga oshirilishiga xizmat qilgan;
shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganda hamda aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha himoyachidan voz kechishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi
O‘RQ-675-sonli Qonunining 2-modda 1-qismi 6-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish
va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 06/1-11/1101-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxslarning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinishiga xizmat qilgan;
himoyachining sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda ishtirok etish huquqi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-675-sonli Qonunining 2-modda
1-qismi 7-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 06/1-11/1101-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif advokatlar tomonidan himoyasi ostidagi shaxslarning huquqlarini samarali himoya qilinishiga hamda jinoyat-protsessual munosabatlarda qonuniylikni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablari asosida olinib, jinoyat-protsessual qonun normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchida jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud bo‘lganligidan dalolat bersagina, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-675-sonli Qonunining 2-modda
1-qismi 11-bandida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 06/1-11/1101-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazilishi va ularning natijalarini rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha aniq talablar belgilanishiga, shuningdek tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida to‘plangan dalillarni maqbulligini ta’minlanishiga xizmat qilgan.