Kayumov Baxtiyor Erkinjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Davlat-xususiy sheriklikning huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Yu791.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Okyulov Omanbay, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Oybek Axmatovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xolboev Sobir Baratovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklikni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzilgan sanada amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining o‘zgartirilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasidagi xarajatlari oshishiga yoki uning daromadlari kamayishiga olib kelsa, xususiy sherik amalga oshirilayotgan loyihadan kelib chiqqan holda, davlat-xususiy sheriklik ob’ektidan erkin foydalanish uchun to‘lov va (yoki) foydalanganlik uchun to‘lov kompensatsiyalovchi tarzda oshirilishini, shuningdek davlat sherigidan bir martalik kompensatsiya to‘lovini va (yoki) davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga tegishli o‘zgartish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishini, agar bu davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan bo‘lsa, talab qilishga haqli ekanligi isbotlangan;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini moliyalashtiruvchi moliyaviy tashkilotlar va boshqa shaxslar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning tarafi sifatida ishtirok eta olmasligi va kreditor sifatida e’tirof etilishi asoslantirilgan;
konsessiya davlat-xususiy sheriklikning turlaridan biri ekanligi, shu boisdan konsessiya va davlat-xususiy sheriklik yagona qonun bilan tartibga solinishi kerakligi isbotlangan;
ikkala tomonning roziligi bilan, xususiy sherik bankrot bo‘lganida va (yoki) tugatilganda, davlat sherigining talabiga ko‘ra – xususiy sherik o‘z majburiyatlarini bajarmaganida, xususiy sherikning talabiga ko‘ra – davlat sherigi o‘z majburiyatlarini bajarmaganda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bekor qilinishi  mumkinligi asoslantirilgan, oxirgi ikki holatda shartnomani bekor qilish sud tartibida amalga oshirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat-xususiy sheriklikning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi:
agar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzilgan sanada amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining o‘zgartirilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasidagi xarajatlari oshishiga yoki uning daromadlari kamayishiga olib kelsa, xususiy sherik, amalga oshirilayotgan loyihadan kelib chiqqan holda, davlat-xususiy sheriklik ob’ektidan erkin foydalanish uchun to‘lov va (yoki) foydalanganlik uchun to‘lov kompensatsiyalovchi tarzda oshirilishini, shuningdek davlat sherigidan bir martalik kompensatsiya to‘lovini va (yoki) davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga tegishli o‘zgartish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishini, agar bu davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan bo‘lsa, talab qilishga haqli ekanligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 yanvardagi «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida»gi O‘RQ-669-son Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonuni 34-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021  yil 11 maydagi 04/1-04/1-542-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi xususiy sherikka nisbatan kuchini yo‘qotgan normativ-huquqiy hujjat ta’sirini saqlab qolishga doir normalarni qonunchilikdan chiqarib tashlash va xususiy sherikka kompensatsiya to‘lovlarini taqdim etish, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qonunchilikka kiritish tartibini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini moliyalashtiruvchi moliyaviy tashkilotlar va boshqa shaxslar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning tarafi sifatida ishtirok eta olmasligi va kreditor sifatida e’tirof etilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 yanvardagi «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida»gi O‘RQ-669-son Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonuni 13-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021  yil 11 maydagi 04/1-04/1-542-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi davlat-xususiy sheriklik sub’ektlari doirasini belgilash va kreditorlarni ushbu munosabatlardan chiqarish imkonini bergan;
konsessiya davlat-xususiy sheriklikning turlaridan biri ekanligi, shu boisdan konsessiya va davlat-xususiy sheriklik yagona qonun bilan tartibga solinishi kerakligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 yanvardagi «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida»gi O‘RQ-669-son Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonuni 1 va 3-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021  yil 11 maydagi 04/1-04/1-542-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi konsessiya va davlat-xususiy sheriklik yagona qonun bilan tartibga solinishi imkonini bergan;
ikkala tomonning roziligi bilan, xususiy sherik bankrot bo‘lganida va (yoki) tugatilganda, davlat sherigining talabiga ko‘ra – xususiy sherik o‘z majburiyatlarini bajarmaganida, xususiy sherikning talabiga ko‘ra – davlat sherigi o‘z majburiyatlarini bajarmaganda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bekor qilinishi, oxirgi ikki holatda shartnomani bekor qilish sud tartibida amalga oshirilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 fevraldagi «Aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizomning 44-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyatining 2021 yil 5 iyundagi 24/06-05-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi bitimni bekor qilish va uni sud tartibida amalga oshirishga doir asoslarni belgilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish