Iminova Mufazzalxon Muzaffar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasida ko‘ruv a’zosining klinik-immunologik o‘zgarishlari» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1675.
Ilmiy rahbar: Kasimova Muniraxon Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01. 
Rasmiy opponentlar: Ioyleva Elena Eduardovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID–19 infeksiyasining oftal`mologik asoratlarini klinika – funksional va immunobiokimyoviy tahlillar asosida erta aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID – 19ning avj davrida barcha bemorlarda 98.09% holda ko‘ruv a’zosi shikastlanishi, ko‘z yosh suyuqligi ishlab chiqarilishining buzilishi va ko‘ruv organlarini to‘qimalarining ishemiya ko‘rsatkichi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
optik kogerent tomografiya – angiografiya usuli yordamida ko‘z olmasi orqa segmentining tomirlari holati organizimdagi kuchli yallig‘lanish jarayoni natijasida yuzaga kelgan neyroretinal ishemiya darajasi aniqlangan;
ko‘z yosh suyuqligida faol yallig‘lanish belgisi bo‘lgan sitokinlar - IL – 6, TFN-α va yallig‘lanish o‘tkir fazasining oqsili S-reaktiv oqsil  titrlarining ortishi, endotelial hujayralarning beqarorligi, ko‘ruv a’zosining to‘qimalari shikastlanishida va COVID – 19ning oftal`mologik asoratlari negizida autoimmun jarayoning o‘rni aniqlangan;
ko‘z yosh suyuqligidagi qon tanachalari: trombotsit, neytrofil, eozinofillarning ortishi gematooftal`mik bar`erning buzilganligi hamda ko‘ruv analizatoridagi qon tomirlarning endotelial disfunksiyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koronavirus infeksiyasida kuruv organining klinik – immunologik tekshiruvlari asosida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi asosida:
COVID – 19 bilan tashxislangan bemorlarda ko‘ruv a’zosining zararlanishini tashxislash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalarida asosida ishlab chiqarilgan «Koronavirus infeksiyasida ko‘ruv a’zosidagi o‘zgarishlarning qiyosiy tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 apreldagi  8n-r/13000 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomada COVID – 19 infeksiyasi avj davrida kasallikni og‘irlik darajasidan kelib chiqan holda ko‘ruv organlaridagi o‘zgarishlar va klinik – bioximik tahlillar natijalari keltirilgan bo‘lib, ko‘z yosh suyuqligi tahlillari asosida oftal`mologik asoratlarni prognoz qilishga imkon bergan;
COVID – 19  bilan kasallangan bemorlarni tashhislash usulini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «COVID – 19  ko‘z yosh suyuqligini ishlab chiqarilishini kamayishi klinik – funksional baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 apreldagi  8n-r/299 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomada kuruv organida ko‘z yosh suyuqligi ishlab chiqarilishining buzilishi ko‘ruv organlari to‘qimalaridagi ishemiya natijasida yuz berayotgani isbotlangan, quyidagilar koronavirus infeksiyasida oftal`mologik asoratlarni erta aniqlash va patogenetik yo‘naltirilgan davo taktikasini tanlashga imkon bergan;
COVID – 19 bilan tashxislangan bemorlarda klinik – patogenetik va davolash jihatlari shakillanishida immunologik teshirish usullarini asoslash natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shu jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan  ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy – ammaliy tibbiyot markazining Termez va Samarqand fillialari amaliyotiga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 27 aprel` 2022 yilgi 8n-r/198 son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etish natijasida COVID – 19 infeksiyasining oftal`mologik asoratlari diagnostikasini takomillashtirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish