To‘ychiev Zafarjon Zokirovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “10/0,4 kV kuchlanishdagi kuch transformatorlarining ishonchliligini ichki simmetriyalash orqali oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3325
Ilmiy rahbar: Yusupov Dilmurod Turdalievich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01. 
Rasmiy opponentlar: Toirov Olimjon Zuvurovich - texnika fanlari doktori, professor. Boltaev Otabek Tashmuxammatovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:     Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nochiziqli yuklamaga ega kuchlanishi 10/0,4 kV bo‘lgan kuch transformatorlarining ishonchliligini ichki simmetriyalash orqali oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uch fazali kuch transformatori ikkilamchi chulg‘amlarining har birini uch qismga ajratib olish va neytraliga aktiv qarshilik qo‘llash asosida nochiziqli elektr yuklamalar kuchlanishini simmetriyalash imkonini beruvchi ulanish sxemasi takomillashtirilgan;
elektromagnit induksiya qonuni, Maksvelning birinchi integral tenglamasi, Stoks teoremasi va trigonometrik ayniyat asosida simmetriyalovchi kuch transformatori ikkilamchi chulg‘amlaridagi kuchlanish qiymatini aniqlash imkonini beruvchi matematik ifoda olingan va algoritmi ishlab chiqilgan;
juft ulanish guruhlari bilan parallel ishlash imkonini beruvchi uch fazali simmetriyalovchi kuch transformatori chulg‘amlarining ulanish sxemasi va o‘ramlar sonini o‘zgartirish asosida ishlab chiqilgan;
uch fazali kuch transformatorining ishonchliligini ichki simmetriyalash orqali baholash imkonini beruvchi usul ehtimollar va ishonchlilik nazariyalari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 10/0,4 kV bo‘lgan kuch transformatorlarining ishonchliligini ichki simmetriyalash orqali oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nochiziqli elektr yuklamalar kuchlanishini simmetriyalash imkonini beruvchi uch fazali kuch transformatori chulg‘amlarining ulanish sxemasi Farg‘ona viloyati Furqat tumani hududiy elektr ta’minoti korxonasiga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning 2022 yil 14 noyabrdagi 01-03-20/1232-son ma’lumotnomasi). Natijada ekspluatatsiyadagi kuch transformatorlarining ishonchliligi 3,1 barobarga oshirish imkoni yaratilgan.
uch fazali kuch transformatorining ishonchliligini ichki simmetriyalash orqali baholash imkonini beruvchi usul Farg‘ona viloyati Furqat tumani hududiy elektr ta’minoti korxonasiga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning 2022 yil 14 noyabrdagi 01-03-20/1232-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada 10/0,4 kV kuchlanishdagi quvvati 100 kVA bo‘lgan 1 dona kuch transformatoridagi nosimmetrik holatlarni bartaraf etish orqali bir yilga 3 302 200 so‘m, 85 ta kuch transformatorlari uchun esa 280 687 000 so‘m  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish