Cho‘lliev Ya’qubjon Ergashovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nasos stansiyalari boshqaruv tizimlari uchun kavitatsiyani o‘lchash va nazorat qilishning intellektual datchigi”, 05.01.06 – “Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2639
Ilmiy rahbar: Baratov Rustam Jalilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: O‘ljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor; Jumaev Odil Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nasos agregatlari so‘rish quvurida hosil bo‘ladigan kavitatsiya jarayonini o‘lchash va nazorat qilishning intellektual datchigini ishlab chiqish va uning asosiy metrologik xarakteristikalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nasos agregatlari so‘rish quvurining belgilangan hajmida suv – havo nisbatining o‘zgarishi kabi fizik – texnik effektga asoslangan intellektual datchigining quvurda qo‘shimcha gidravlik qarshilik hosil qilmaydigan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
o‘ta kichik sig‘imlarni keng diapazonda o‘lchashga imkon beruvchi sig‘imli datchikning dinamik rejimi asosida zaryadlanish va razryadlanish vaqtini chastotasi rostlanadigan manbaning taktli impul`slar soni orqali aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
nasos agregatlari so‘rish quvurida kavitatsiya paydo bo‘lish ehtimoli minumum bo‘lishini ta’minlaydigan suv temperaturasini aniqlash imkonini beruvchi belgilangan hajmda suv-havo nisbatining har qanday kichik qiymatlarda o‘zgarishiga asoslangan intellektual datchikning analitik ifodalari va matematik modeli ishlab chiqilgan;
nasos agregatlari so‘rish quvurida paydo bo‘ladigan suv-havo nisbatini belgilovchi koeffisient ortishining nasos agregati elektr energiya iste’moli va suv chiqarish quvurida suv sarfiga ta’sirini inobatga olishga imkon beruvchi analitik ifodasi keltirib chiqarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nasos agregatlarining kavitatsiya jarayonini o‘lchash va nazorat qilishning intellektual datchigini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
quvurlarda suyuqliklar va gazlarning bosimini o‘lchash va nazorat qilish intellektual datchigi Jizzax bosh nasos stansiyasiga qarashli Xovosobod nasos stansiyasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 03/27-778-son ma’lumotnomasi). Natijada, kavitatsiyani nazorat qilish hisobiga nasos agregatlarning foydali ish koeffisientini 14-15% ga ortishiga erishilgan;
nasos stansiyasi avankamerasida suv sathi va so‘rish quvurlarda bosim o‘zgarishi orqali kavitatsiyani o‘lchash va nazorat qilishning intellektual datchigi Amu-Buxoro Mashina Kanali Olot tuman boshqarmasi tasarrufidagi Jondor 1-ko‘tarma nasos stansiyasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 03/27-778-son ma’lumotnomasi). Natijada, nasos stansiyalarda kavitatsiyani o‘lchash va nazorat qilish hisobiga 74mln so‘m/yilga iqtisodiy samaraga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish