Tilloyev Lochin Ismatilloyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surkov materiallari quyuqlashtiruvchisini olish orqali chiqindi “Sariq moy”ni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T630.
Ilmiy rahbar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik - texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori (DSc), dosent; Raximov Bekzod Baxtiyorovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pirogazni tozalash jarayoni chiqindisi “Sariq moy”ni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uglevodorodli tarkib (UT)ni ekstraksiyalashda ekstragent–parafin uglevodorodlari zichligi ekstrakt va rafinatni ajralish davomiyligiga to‘g‘ri proporsional ekanligi aniqlangan;
PKAning PSMlari ishlab chiqarishda quyuqlashtiruvchi sifatida qo‘llash mumkinligi, uning suyuqlanish harorati 150-160 oC ni, zichligi 820-830 kg/m3 ni va tuzulishi molekulyar kiristal panjaraga ega bo‘lganligi bilan asoslangan;
PSM ishlab chiqarishda dispers muhit konstanta bo‘lganda PKA konsentrasiyasini oshishi yog‘li solidollar uchun ularni tomchilash haroratiga teskari va penetrasiya soniga to‘g‘ri proporsional o‘zgarish qonuniyati isbotlangan;
chiqindini tinib ajralish davomiyligi 210-240 minut, UTni ekstraksiyalash 5 bosqich, ekstragent-SGQ bo‘lganda ekstrakt va rafinatni ajralish davomiyligi 2,5-3 minut, rafinat tarkibidan ekstragentni bug‘latish harorati 75-80 oC bo‘lgan maqbul rejimlar asosida chiqindi “Sariq moy”ni qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surkov materiallari quyuqlashtiruvchisini olish orqali chiqindi “Sariq moy”ni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chiqindi “Sariq moy”ni qayta ishlash texnologiyasi “Neftgaztadqiqot” AJning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Neftgaztadqiqot” AJning 2022 yil 19 oktyabrdagi 1/2-ΝT-246-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi “Sariq moy”ni qayta ishlash orqali undan polikrotonaldegid olib, mahalliy surkov materiallari ishlab chiqarish korxonalari uchun quyuqlashtiruvchilar ishlab chiqarish imkonini bergan;
chiqindi “Sariq moy”ni qayta ishlashning kichik sanoat qurilmasi “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJning ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 25 yanvardagi 02-18-8-64-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi “Sariq moy”ni tindirish va ekstraksiya usulida qayta ishlashning kichik sanoat qurilmasi yordamida polikrotonaldegid olish mumkinligini aniqlash imkonini bergan;
chiqindi “Sariq moy”ni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar 5321400-Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi ta’lim yo‘nalishining talabalariga mo‘ljallangan “Neft-gazkimyo sanoati chiqindilarini tozalash texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 302-0839). Natijada, bakalavr va magistrlarni chiqindi “Sariq moy”ning hosil bo‘lishi, tarkibi, xossalari, uni qayta ishlash texnologiyasi, olinadigan mahsulotlarining qo‘llanilish sohalari bo‘yicha bilimlarini boyitish hamda mustahkamlash imkonini bergan.