Tursunov Azamjon Salimjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Taskazgan koni grafit rudasini boyitish hamda surkov va silikatli materiallarini qayta ishlash texnologiyasi», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3022.
Ilmiy rahbar: Turdialiev Umid Muxtaralievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Taskazgan koni grafit rudasini samarali boyitish texnologiyasini ishlab chiqish va grafitli surkov hamda olovbardosh materiallarini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Taskazgan koni grafit rudalarining kimyoviy-mineralogik tarkibi va strukturaviy tuzilishi, fizik-kimyoviy, an’anaviy va texnologik tadqiqot usullari yordamida aniqlangan;
xorijiy va mahalliy yig‘uvchi va ko‘piklovchi kimyoviy reagentlarni qo‘llab grafit rudasini boyitishning maqbul sharoitlari topilgan;
grafit rudasini kerakli sinfgacha maydalanish kinetikasining va boyitilgan grafit konsentratining maqbul holatda chiqishi uchun mayda zarrachalarning maqbul miqdorini maydalanish vaqtining korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
grafit rudasini ham ko‘pik hosil qiluvchi, ham yig‘uvchi vazifasini bajaruvchi universal UGK  reagent bilan flotatsion boyitishning samarali usuli ishlab chiqilgan;  
rentgenfazali, IQ-spektroskopik va skanerlovchi elektron mikroskopik tahlil usullari yordamida surkov va olovbardosh materiallarni olish talablariga to‘liq javob beradigan grafit konsentratining maqbul tarkibi aniqlangan;
grafit-shamot olovbardosh materiallarining fizik-mexanik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari o‘zgarishining kaolin : shamot : grafit konsentrati massa nisbatiga bog‘liqligi aniqlangan;
grafit rudasini boyitish va qayta ishlash orqali surkov va olovbardosh materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Taskazgan grafit rudasini boyitish va qayta ishlash orqali surkov va silikat materiallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Taskazgan konining grafit rudasini flotatsion boyitish texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2022 yil 27 iyundagi 23.01-01-07/434-son ma’lumotnomasi). Natijada, surkov va olovbardosh materiallar ishlab chiqarish talablariga javob beradigan flotokonsentratini olishda, mahalliy universal UGK ko‘piklashtiruvchi reagentdan foydalanish imkoniyatini bergan; 
grafit  rudalarini  yangi turdagi reagentlar bilan boyitish texnologiyasi «SPZ-BEARINGS» QKda “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («SPZ-BEARINGS» KQning 2022 yil 28 iyundagi 83/06-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, grafit surkov materialining yangi turini kelgusida elektrotexnika, mashinasozlik, metallurgiya va kimyo sanoatida qo‘llash uchun ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish